Davlat buyurtmasi asosida kinoloyihalarni ishlab chiqarishga studiyalar uchun eʼlon qilinadigan tanlov qanday asosda oʻtkaziladi?
Prezident va hukumat topshiriqlari asosida.
Davlat buyurtmasi asosida kinoloyihalarni ishlab chiqarishga studiyalar uchun eʼlon qilinadigan tanlovda qaysi formatlar nazarda tutiladi?
Badiiy film, hujjatli film, qisqa metrajli film, animatsion film, kinosolnoma, ijtimoiy rolik va serial.
Davlat buyurtmasi asosida kinoloyihalarni ishlab chiqarishga studiyalar uchun eʼlon qilinadigan tanlovga qay tartibda qatnashish mumkin?
Kinoloyihaning sinopsisini ilova qilgan holda muayyan studiya orqali qatnashish mumkin.
Davlat buyurtmasi asosida kinoloyihalarni ishlab chiqarishga studiyalar uchun eʼlon qilinadigan tanlovga topshiriladigan sinopsislarga qanday talablar qoʻyiladi?
O‘zbek tilida (Agar xorijiy tilda yozilsa, adabiy ssenariy tarjimasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tafovutlarning oldini olish maqsadida oʻzbek tilidagi tarjimasi bilan birga topshiriladi), adabiy til va imlo qoidalariga rioya qilingan holda A4 formatda, 14 shriftda, 1,5 intervalda yozilgan bo‘lishi kerak.
Kinoloyihalarda quyidagi ma’lumotlar aks etishi lozim:
- filmning ishchi nomi; formati va davomiyligi (xronometraji);
- janri va auditoriya yosh chegarasi;
- taxminiy xarajatlar smetasi;
- loyiha taqdimoti (ijodiy guruh, aktyorlar, lokatsiyalar va boshqa ma’lumotlar). Filmning asosiy qahramonlari, ularning o‘ziga xos xarakteri, asosiy syujet liniyasi, voqealar, avj nuqtasi va yechimi aks etgan bo‘lishi lozim.
Davlat buyurtmasi asosida kinoloyihalarni ishlab chiqarishga studiyalar uchun eʼlon qilinadigan tanlovga kelib tushgan sinopsislar qay tartibda koʻrib chiqiladi?
Davlat buyurtmasi boʻlimining ishchi guruhi va Badiiy kengash tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qaysi normativ hujjatda Milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini aks ettiruvchi 2024–2027 yillarga mo‘ljallangan “Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish belgilangan?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 iyundagi “Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag‘ishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-209-sonli qarori.
“Tirik tarix” loyihasi asosida qancha tarixiy film yaratilishi rejalashtirilgan?
2024–2027 yillar mobaynida umumiy hisobda 54 ta tarixiy film yaratilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024‑yil 5 iyundagi “Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag‘ishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora‑tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ‑209‑sonli Karor doirasida qanday maxsus organlar tuzildi va ularning asosiy vazifalari nimalar?
Milliy komissiya — filmlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash va qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish, kinoindustriyani iqtisodiy tarmoq sifatida rivojlantirish, tashqi bozorlar va festivallarda targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yishga mo‘ljallangan
Milliy kengash — ssenariy va g‘oyaviy-badiiy saviyani nazorat qilish, janrlar va mavzular bo‘yicha kvotalar belgilash, tarixiy faktlarni aniqlash uchun ilmiy ekspert guruhlari bilan ishlashni muvofiqlashtirishga mas’ul
Tirik tarix” filmlar turkumining asosiy maqsad va vazifalari nimadan iborat?
Milliy davlatchiligimizning 3000 yildan ziyod tarixini to‘liq va tizimli yoritish, buyuk shaxslar, sivilizatsiya va madaniy merosimizni keng jamoatchilik va yoshlar ongiga singdirish.
Filmlar yaratilishida tarixiy haqqoniylikni ta’minlash uchun qanday choralar ko‘rilgan?
Taniqli tarixchilar, manbashunoslar va arxeologlardan iborat ilmiy ekspert guruhlari jalb etiladi; har bir ssenariy tarixiy dalillar asosida tayyorlanadi.
“Tirik tarix” loyihasi uchun moliyalashtirish qanday tarzda amalga oshiriladi?
Moliyalashtirish budjet mablag‘lari, homiylik va xalqaro hamkorlik hisobidan, shuningdek, xususiy studiyalar ishtirokida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat vazirligi huzuridagi
Kinematografiya agentligi
+998 71 277 81 44