Ma’lumot: - Oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi). Mutaxassislik: - San’atshunoslik, filologiya, kino tanqid, rejissyorlik, prodyuserlik va shu kabi yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi. Mehnat staji: -Kamida 3 yil. Kompyuter savodxonligi: -Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi. Qo‘shimcha talablar: O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarini o‘qib o‘rganish, axborotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish, Tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi, tahliliy ma’lumotlarni va hisobotlar tezda tayyorlay olish.
Chilonzor ko'chasi 1a, Uzbekiston, Toshkent