DIQQAT, E’LON! O‘zbekistonda ilk bor Kinomaktab tashkil etildi. Mazkur kinomaktab Kinematografiya agentligi tasarrufidagi O‘zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, kinematografiya sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni maqsad qilgan. Maktab “Tirik tarix” dasturi doirasida ishlab chiqiladigan filmlar uchun quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislarni bepul tayyorlash yuzasidan 2025 yil uchun qabul e’lon qiladi: ✔️ “Kino rejissura” ✔️ “Kaskadyorlik mahorati” ✔️ “Grimmyorlik” ✔️ “Animatsiya” ✔️ “Operatorlik mahorati” ✔️ “Montaj” ✔️ “Prodyuserlik” ✔️“Kinoda ovoz rejissurasi” Barcha darslar “O‘zbekfilm” Kinokonserni” DUKning tashkiliy va amaliy imkoniyatlari negizida amalga oshiriladi. Kinomaktab bitiruvchilariga mamlakatimiz kinokompaniyalari va kinostudiyalarida “Tirik tarix” dasturi doirasida ishlab chiqilishi rejalashtirilgan filmlarda faoliyat olib borishlari uchun yo‘llanma beriladi! Hujjatlar joriy yilning 2- iyunidan 30- iyuniga qadar Oʻzbekistin Milliy kino sanʼati saroyida (sobiq Ponarama) binosida soat 14-00 dan 18-00 ga qadar qabul qilinadi. 📲 +998 90 944 77 81 📲 +998 97 460 40 80
25.02.2025
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, MTRK va O‘zbekiston milliy media birlashmasi 2025-yilning birinchi choragi uchun telekanallar o‘rtasida “HAR BIR SERIAL – BIR MISSIYA” nomli serial loyihalari tanlovini E’LON QILADI!
24.02.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan kinoijodkorlar o‘rtasida 2025-yilda davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan kinoloyihalar uchun eʼlon qilingan ijodiy tanlovga kelib tushgan loyihalar koʻrigi quyidagi tardibda davom etadi: Sana: Seshanba, 25.02.2025 Koʻrik vaqti: 14:00 dan 18:10 ga qadar Koʻrib chiqiladigan mavzu yoʻnalishlari: - «Yoshlik bahori» - «Andijonlik kelin» - «Xorijiy hamkorlikdagi loyihalar» - «Konchilar» - «Vali Gʻafurov» - «Sodiq Azimov» - «Bahodir Yoʻldoshev» - «Oʻzbekfilm 100 yoshda» Agentlik maʼmuriyati barcha kinoijodkorlarga omad tilaydi! Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
14.01.2025
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xuzuridagi Kinematografiya agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi