Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.
“New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.
Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi.
“Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.
“CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.





