Vengriya Milliy kino instituti (NFI) vakili, kinoproduser Yojef Berger bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Vengriya kinoijodkorlari hamkorligida koproduksiya ko‘rinishida suratga olinadigan “Herman Vamberi va mulla Is’hoq” badiiy-publitsistik filmining sinopsisi, ssenariy kontsepsiyasi hamda adabiy ssenariysi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
O‘zbekiston va Vengriya kinematografiya tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik bitimi — koproduksiya to‘g‘risidagi kelishuv shartnomasi loyihasi ustida ish boshlash bo‘yicha kelishib olindi.





