Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ Oʻzbekiston – Vengriya: Strategik hamkorlikning yangi bosqichi kinematografiya sohasida
latest-news-bglatest-news-bg

Oʻzbekiston – Vengriya: Strategik hamkorlikning yangi bosqichi kinematografiya sohasida

Obuna bo’lish
27.05.2025 05:00
News Photo



Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 19–21-may kunlari rasmiy tashrif bilan Budapesht shahrida boʻldi. Ushbu tashrif ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi.


Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev boshchiligidagi delegatsiya Budapesht shahriga tashrif buyurib, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ishtirokida ochilgan, Yevropadagi eng yirik kinokomplekslardan biri boʻlgan NFI (Nemzeti Filmintezet) studiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Shuningdek, 30-yanvardan 1-fevralgacha Budapesht shahrida ilk bor “Oʻzbek kino kunlari” boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida “Ilhaq”, “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi”, “Pandemiya” va “House” kabi zamonaviy oʻzbek filmlari namoyish qilindi. Vengriya tomoshabinlari va kino sohasi vakillari ushbu filmlarni katta qiziqish va iliq munosabat bilan qarshi oldilar. “Oʻzbek kino kunlari”ni Budapeshtda har yili oʻtkazish tashabbusi ilgari surilib, mamnuniyat bilan qoʻllab-quvvatlandi.


Joriy yilning 13–24-may kunlari Fransiyada boʻlib oʻtgan 78-Kann xalqaro kinofestivali doirasida Oʻzbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov hamda Vengriya Milliy kino instituti (NFI) vakili, kinoproduser József Berger oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Vengriya kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinadigan “Herman Vamberi va Mulla Is’hoq” badiiy-publitsistik filmining sinopsisi, ssenariy kontsepsiyasi hamda adabiy ssenariysi yuzasidan atroflicha fikr almashildi va koproduksiya toʻgʻrisidagi kelishuv shartnomasi loyihasi ustida ish boshlash boʻyicha kelishuvga erishildi.


Mazkur loyihalar Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, tarixiy merosni xalqaro miqyosda targʻib etish yoʻlida muhim qadam boʻladi.


Boshqa yangiliklar

Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.

Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing! 
Markaz rasmiy sahifalari


Website (https://strategy.uz/index.php) | Telegram (https://t.me/dscuzbekistan) | Facebook (https://www.facebook.com/DSCUzbekistan/) | Youtube (https://youtube.com/@developmentstrategycenter8558?si=VnEf_vzjctVlyidd)

15.01.2026 06:43

“CHOʻLIQ” badiiy filmi “New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro 
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 “New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.

 Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi. 

 “Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.

 “CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

12.12.2025 04:37

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro madaniyat festivalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

12.12.2025 04:33

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda.

⭐️So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari dunyo siyosiy xaritasida yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mintaqa endi raqobat maydoni emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda harakat qilayotgan ishonchli ittifoqchilar ekani e'tirof etilmoqda.

➡️Batafsil: To‘liq maqolani o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1-lIYzj61arGiciC2Yq05quSOipBCd2Z_/view?usp=sharing)

27.11.2025 11:10