Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ “O‘zbekistonda Rossiya kinosi festivali”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
latest-news-bglatest-news-bg

“O‘zbekistonda Rossiya kinosi festivali”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Obuna bo’lish
29.05.2025 14:37
News Photo



Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 29-31-may kunlari “O‘zbekistonda Rossiya kinosi festivali” bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu kinonamoyishlar “Rossiya madaniyati kunlari” dasturining bir qismi hisoblanadi.


Bugun Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida “O‘zbekistonda Rossiya kinosi festivali”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Rossiya Federatsiyasining madaniyat vaziri Olga Lyubimova hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev so‘zga chiqishdi. Ular ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar tobora mustahkamlanib borayotganini, ayniqsa kino sohasidagi hamkorliklar yangi bosqichga ko‘tarilayotganini ta’kidladilar.


Shuningdek, tadbirda “Qon guruhi” filmida rol ijro etgan aktrisa Yekaterina Domashenko, “9 soniya” filmining ssenariy muallifi Marina Dovger, “Madaniy komediya” filmining ssenariy muallifi Danil Trotsenko, boshqa rasmiylar, keng jamoatchilik hamda Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Ochilish marosimidan soʻng kino ixlosmandlari uchun “Qon guruhi” filmining namoyishi boʻlib oʻtdi.


Maʼlumot uchun, “Rossiya kinosi festivali” doirasida “Madaniy komediya”, “To‘ti Keshaning qaytishi”, “Fedya. Xalq futbolchisi”,  “9 soniya” hamda “Havo” filmlarining namoyishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbir 31-may sanasiga qadar davom etadi.


Kirish bepul https://ticketon.uz/tashkent//rff_uz

Boshqa yangiliklar

“CHOʻLIQ” badiiy filmi “New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro 
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 “New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.

 Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi. 

 “Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.

 “CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

12.12.2025 04:37

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro madaniyat festivalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

12.12.2025 04:33

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda.

⭐️So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari dunyo siyosiy xaritasida yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mintaqa endi raqobat maydoni emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda harakat qilayotgan ishonchli ittifoqchilar ekani e'tirof etilmoqda.

➡️Batafsil: To‘liq maqolani o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1-lIYzj61arGiciC2Yq05quSOipBCd2Z_/view?usp=sharing)

27.11.2025 11:10

“Matonatli Maryam” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida hamda respublikamizning barcha viloyat kinoteatrlarida bir vaqtning o‘zida XX asrning 20-yillarida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan va buning natijasida siyosiy qatag‘onga uchragan vatandoshimiz Maryam Sultonmurodovaning matonatli hayot yo‘li va ayanchli qismati haqidagi “Matonatli Maryam” nomli badiiy-publitsistik filmning ilk umummilliy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Namoyishda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Shuhrat Rizayev ushbu filmning mazmuni va jamiyatdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.


Film taqdimoti Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar ishlari qoʻmitasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

26.11.2025 04:12