Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ Kinematografiya agentligi markaziy apparatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
latest-news-bglatest-news-bg

Kinematografiya agentligi markaziy apparatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo’lish
02.06.2025 09:23
News Photo



📆 Bugun “Renessans” kino uyida Kinematografiya agentligi markaziy apparatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Agentlik rahbariyati, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.


Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi asosiy masalalar o‘rin oldi:


1️⃣Prezident hujjatlarida belgilangan iyun oyidagi topshiriqlar ijrosi, shuningdek, Agentlik hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalarning amalga oshirilish holati muhokama qilindi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari tinglandi.


2️⃣2025-yilga mo‘ljallangan byudjet xarajatlarining maqsadli indikatorlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.


3️⃣Kinostudiyalar tomonidan suratga olingan badiiy va hujjatli filmlarning kino fondga topshirilishi bo‘yicha holat ko‘rib chiqildi. Film ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga bu boradagi intizomni mustahkamlash yuzasidan tavsiyalar berildi.


4️⃣2025-yilda amalga oshiriladigan yangi kinoloyihalar yuzasidan Badiiy kengash yig‘ilishlarini tashkil etish bo‘yicha rejalar taqdim etildi. Kun tartibiga kiritilishi kutilayotgan mavzular va loyihalar muhokama qilindi.


5️⃣O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 29-apreldagi taqdimnomasi asosida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish bayoni va unga muvofiq tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan mas’ul rahbarlarning axboroti tinglandi.


6️⃣Kun tartibidan tashqari boshqa dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.


Yig‘ilish yakunida ijro intizomini mustahkamlash, topshiriqlarni belgilangan muddatlarda sifatli bajarish va tizim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan alohida ko‘rsatmalar berildi.


Boshqa yangiliklar

Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.

Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing! 
Markaz rasmiy sahifalari


Website (https://strategy.uz/index.php) | Telegram (https://t.me/dscuzbekistan) | Facebook (https://www.facebook.com/DSCUzbekistan/) | Youtube (https://youtube.com/@developmentstrategycenter8558?si=VnEf_vzjctVlyidd)

15.01.2026 06:43

“CHOʻLIQ” badiiy filmi “New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro 
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 “New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.

 Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi. 

 “Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.

 “CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

12.12.2025 04:37

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro madaniyat festivalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

12.12.2025 04:33

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda.

⭐️So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari dunyo siyosiy xaritasida yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mintaqa endi raqobat maydoni emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda harakat qilayotgan ishonchli ittifoqchilar ekani e'tirof etilmoqda.

➡️Batafsil: To‘liq maqolani o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1-lIYzj61arGiciC2Yq05quSOipBCd2Z_/view?usp=sharing)

27.11.2025 11:10