2025-yilda BDKU Toshkent filialida ilmiy faoliyat tarixida muhim bosqich boshlandi — Ilmiy kengash faoliyati doirasida ilk bor bir guruh professor-o‘qituvchilarga “dotsent” ilmiy unvoni Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berildi.
Ilmiy unvonga sazovor bo‘lganlar:
• Mixail Davidovich Kaminskiy
• Karim Xusanovich Mirxadiyev
• Tamilla Suxrobovna Muxamedova
• Rustam Abdullaevich Sagdullaev
• Olga Viktorovna Volodina
• Toxir Samandarovich Saidov
• Ayub Shopatxiddinovich Shahobiddinov
• Nozim Turobovich Tulyaxodjayev
• Yusuf Suleymanovich Roziqov
Ilmiy unvonlar Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev va filial direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Bu yutuq filial ilmiy salohiyatining yuksalayotganidan dalolat beradi. Barcha ustozlarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz.













