Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi
latest-news-bglatest-news-bg

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Obuna bo’lish
14.06.2025 14:34
News Photo



Bugun BDKU Toshkent filialida tashkil etilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida qator tashkilotlar va kinostudiyalar faol ishtirok etdi.


“Poytaxt bank” hamda “O‘zmilliybank” vakillari talabalar uchun imtiyozli ta’lim kreditlari, moliyaviy savodxonlik va boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar.


Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hamda tizimdagi bir qator tashkilot rahbarlari bilan filial direktori, professor Iqbol Meliqo'ziy o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu kelishuvlar talabalarning amaliyot o‘tashi, ijodiy loyihalarda ishtirok etishi va sohaga ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytiradi.


Memorandum imzolagan tashkilot va kinostudiyalar:

• “Mening yurtim” telekanali

• “FOX MUSIC CINEMA” MChJ

• “OLOV-NUR-MEDIA” MChJ kinostudiyasi

• “KAMRON FILM” MChJ kinostudiyasi

• “Xasan Films” kinostudiyasi

• “Yoshlik” kinostudiyasi

• “Illusion Pictures” studiyasi


Studiyalar va tashkilotlar rahbarlari tadbirda shaxsan ishtirok etib, filial talabalari bilan kelgusidagi amaliy mashg‘ulotlar, stajirovkalar va ijodiy hamkorlik loyihalari yuzasidan fikr almashdilar.


Bu tashabbuslar yosh mutaxassislar uchun real tajriba orttirish va kino sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyalashish imkoniyatlarini kengaytirmoqda!



Boshqa yangiliklar

Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.

Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing! 
Markaz rasmiy sahifalari


Website (https://strategy.uz/index.php) | Telegram (https://t.me/dscuzbekistan) | Facebook (https://www.facebook.com/DSCUzbekistan/) | Youtube (https://youtube.com/@developmentstrategycenter8558?si=VnEf_vzjctVlyidd)

15.01.2026 06:43

“CHOʻLIQ” badiiy filmi “New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro 
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 “New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.

 Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi. 

 “Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.

 “CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

12.12.2025 04:37

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro madaniyat festivalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

12.12.2025 04:33

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda.

⭐️So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari dunyo siyosiy xaritasida yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mintaqa endi raqobat maydoni emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda harakat qilayotgan ishonchli ittifoqchilar ekani e'tirof etilmoqda.

➡️Batafsil: To‘liq maqolani o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1-lIYzj61arGiciC2Yq05quSOipBCd2Z_/view?usp=sharing)

27.11.2025 11:10