Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ “Tirik tarix” loyihasi doirasida pitching bo‘lib o‘tdi
latest-news-bglatest-news-bg

“Tirik tarix” loyihasi doirasida pitching bo‘lib o‘tdi

Obuna bo’lish
19.06.2025 13:39
News Photo




Bugun Kinematografiya agentligida “Tirik tarix” loyihasi doirasida suratga olinadigan filmlar uchun talabgor studiyalar o‘rtasida pitching bo‘lib o‘tdi.


Unda Milliy kengash a’zolari “Tirik tarix” loyihasining mazmun-mohiyati, tarixiy xotirani asrash hamda yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishdagi ahamiyati haqida fikr bildirdilar. Shuningdek, kelgusida suratga olinadigan badiiy hamda badiiy-publitsistik filmlarni tayyorlash bo‘yicha kinematografiya studiyalariga qo‘yilayotgan talab va takliflar muhokama qilindi.


Jumladan, Kinematografiya agentligi direktori, Badiiy kengash raisi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev “Tirik tarix” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar, filmlar konsepsiyasi va ishlab chiqarish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berdi.


Shundan so‘ng, Kinoloyihalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Hayitov “Tirik tarix” loyihasi doirasida qabul qilingan sinopsislar tanlovi natijalari yuzasidan hisobot taqdim etdi.


18 ta filmni suratga olish huquqini qo‘lga kiritish uchun 41 ta studiyadan arizalar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 12 tasi tanlov talablariga javob bermaganligi sababli chetlashtirildi. Qolgan 29 ta studiya pitching jarayonida o‘z loyihalari taqdimoti bilan ishtirok etdi.


Milliy kengash a’zolari har bir loyiha bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, taklif va tavsiyalar berdilar hamda filmlarning g‘oyaviy va ijodiy darajasini baholadilar.


Tanlov natijalari va saralangan studiyalar ro‘yxati keyingi postlarimizda e’lon qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!



Boshqa yangiliklar

Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.

Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing! 
Markaz rasmiy sahifalari


Website (https://strategy.uz/index.php) | Telegram (https://t.me/dscuzbekistan) | Facebook (https://www.facebook.com/DSCUzbekistan/) | Youtube (https://youtube.com/@developmentstrategycenter8558?si=VnEf_vzjctVlyidd)

15.01.2026 06:43

“CHOʻLIQ” badiiy filmi “New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro 
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 “New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.

 Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi. 

 “Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.

 “CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

12.12.2025 04:37

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro madaniyat festivalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

12.12.2025 04:33

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda.

⭐️So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari dunyo siyosiy xaritasida yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mintaqa endi raqobat maydoni emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda harakat qilayotgan ishonchli ittifoqchilar ekani e'tirof etilmoqda.

➡️Batafsil: To‘liq maqolani o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1-lIYzj61arGiciC2Yq05quSOipBCd2Z_/view?usp=sharing)

27.11.2025 11:10