Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ Kinematografiya agentligi markaziy apparatining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
latest-news-bglatest-news-bg

Kinematografiya agentligi markaziy apparatining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo’lish
23.06.2025 12:47
News Photo



Bugun “Milliy kino san’ati saroyi”da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 5 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy kengashning kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Kinematografiya agentligi hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.


Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–147-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–71-sonli farmoni boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokama qilindi.


Shuningdek, Kinematografiya agentligi rahbariyati tomonidan sohada korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni oʻrganish hamda ularni bartaraf etish, mazkur Qaror va Farmonda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlash boʻyicha topshiriq berildi.




Boshqa yangiliklar

Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.

Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing! 
Markaz rasmiy sahifalari


Website (https://strategy.uz/index.php) | Telegram (https://t.me/dscuzbekistan) | Facebook (https://www.facebook.com/DSCUzbekistan/) | Youtube (https://youtube.com/@developmentstrategycenter8558?si=VnEf_vzjctVlyidd)

15.01.2026 06:43

“CHOʻLIQ” badiiy filmi “New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro 
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 “New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.

 Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi. 

 “Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.

 “CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

12.12.2025 04:37

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro madaniyat festivalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

12.12.2025 04:33

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda.

⭐️So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari dunyo siyosiy xaritasida yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mintaqa endi raqobat maydoni emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda harakat qilayotgan ishonchli ittifoqchilar ekani e'tirof etilmoqda.

➡️Batafsil: To‘liq maqolani o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1-lIYzj61arGiciC2Yq05quSOipBCd2Z_/view?usp=sharing)

27.11.2025 11:10