Bugun Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY Bosh kotibi Sulton Raev va Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida amaldagi hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilinib, TURKSOY tashkilotiga ko‘rsatilayotgan ko‘mak va faolligi uchun minnatdorchilik bildirildi va yangi qo‘shma loyihalar yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, TURKSOY bilan hamkorlikda “O‘zbek kinosi kunlari”ni tashkil etish tashabbusi muhokama qilindi.
Shu bilan birgalikda, “Qo‘rqut Ota” turk dunyosi filmlari festivalida o‘zbek kinoijodkorlarining ishtiroki masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur uchrashuv ikki tomonlama madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.