Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ “Biz hayotni tanlaymiz” shiori ostida Zakovat o‘yini bo‘lib o‘tdi
latest-news-bglatest-news-bg

“Biz hayotni tanlaymiz” shiori ostida Zakovat o‘yini bo‘lib o‘tdi

Obuna bo’lish
26.06.2025 14:11
News Photo



Bugun “Renessans” kino uyida 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni va 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Biz hayotni tanlaymiz” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.


Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 22-maydagi 12/1-1423-son topshirig‘i ijrosi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filiali tomonidan tashkil etildi.


Intellektual bahsda ishtirokchilar bilim, tafakkur va tezkor fikrlashda o‘zaro bellashdilar. G‘olib jamoalar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Bunday tadbirlar yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlardan yiroq bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.





Boshqa yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi turli mavzulardagi kinoloyihalar uchun ijodiy tanlov e’lon qiladi!

Arizalar 2025-yil 20-sentyabrgacha qabul qilinadi.

🔗 Batafsil: 👉 https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Madaniyat-vazirligi-huzuridagi-Kinematografiya-agentligi-turli-mavzulardagi-kinoloyihalar-uchun-ijodiy-t-09-09 

10.09.2025 05:43

Kinomaktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Kinematografiya sohasi uchun o‘rta-maxsus mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maktabi — Kinomaktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ–209-son “Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixi haqida filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qaroriga asosan tashkil etildi.

02.09.2025 11:42

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi!

2025 yil 10 iyuldagi Prezident qaroriga muvofiq, an’anaviy “Eng ulug‘, eng aziz” Respublika ko‘rik-tanlovi bu yil ham yuksak saviyada tashkil etildi.

26 avgusti kuni Yoshlar ishlari agentligi anjumanlar zalida tanlovning respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.

Tadbir  O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi boshchiligida, Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Milliy media birlashmasi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Milliy teleradiokompaniya hamkorligida o‘tdi.

 Bu yilgi tanlov 7 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi. Ulardan biri – “Kino san’ati asarlari” bo‘lib, unda:
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ulug‘ g‘oyani o‘zida mujassam etgan, zamonaviy O‘zbekiston hayoti, xalqimizning fidokorona mehnatlari, yosh avlod tarbiyasi va milliy qadriyatlarimizni chuqur aks ettirgan filmlar munosib baholandi.

“Kino san’ati asarlari” nominatsiyasi yo‘nalishida  quyidagi rejissyorlarning asarlari g‘olib deb topildi: 

1️⃣ Rejissyor Abu Tolib Adamqulov “Pandemiya. Kovid-19” badiiy filmi uchun. 
Filmda  2020–2021 yillardagi pandemiya davri, shifokorlarimiz matonati va tibbiyotda amalga oshirilgan islohotlar hayotiy obrazlar orqali namoyon etildi. Film yoshlarni vatanparvarlik va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash g‘oyasini ilgari suradi.

2️⃣ Abdulatif Haydarov “Buyuk bobolarim bolaligi” turkumidagi animatsiya filmlari uchun. Asarlarda buyuk ajdodlarga hurmat va yoshlarni ilm-ma’rifatga undash g‘oyasi chuqur ifodalangan.

3️⃣ Saida’loxon Masudxonov “Vali G‘afurov. Igna bilan yozilgan roman” hujjatli filmidagi rejissyorlik ishi uchun.  Filmda ikkinchi jahon urushi ortidan imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, o‘qituvchilik va yozuvchilikni birdek olib borgan, “Vafodor” romani muallifi Vali G‘afurovning matonatli taqdiri teran yoritilgan.

Bu asarlar nafaqat tomoshabin qalbida chuqur iz qoldirdi, balki mustaqil O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida milliy g‘urur va Vatan tuyg‘usini targ‘ib etishda o‘zining munosib ulushini qo‘sha oldi.

26.08.2025 11:04

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida kino sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev Xitoy kinoarxivi direktori o‘rinbosari Zhang Xuxia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasida kino va kinoarxivshunoslik yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

✅Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi kurashi va jahon antifashistik urushi g‘alabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan filmlar namoyishi hamda fotoko‘rgazmani tashkil etish masalasi kelishildi. Mazkur tadbirlar 26–27-avgust kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bo‘lib o‘tadi. 

✅ Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston Milliy kino fondi mutaxassislarini Xitoyda malaka oshirish, ular uchun amaliy o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda xitoylik mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif etib, master-klass mashg‘ulotlarini o‘tkazish masalasida kelishib oldilar. 

Uchrashuv davomida kelgusida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va Xitoy kinoarxivi o‘rtasida qo‘shma loyihalar, tajriba almashinuvi hamda madaniy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha ham fikr almashildi.

Tomonlar bunday uchrashuvlar ikki xalq o‘rtasidagi madaniy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, kino san’ati orqali do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishini alohida qayd etdilar.

26.08.2025 10:33