Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ “Tirik tarix” pitching tanlovi natijalari e’lon qilindi!
latest-news-bglatest-news-bg

“Tirik tarix” pitching tanlovi natijalari e’lon qilindi!

Obuna bo’lish
28.06.2025 17:36
News Photo


 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamdamamlakatimiz tarixiga bag‘ishlangan filmlar turkuminiyaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-209-sonli qarori hamda Kinematografiyani rivojlantirish vaqo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Milliy komissiya vaFilmlarning g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirishgako‘maklashuvchi Milliy kengash qo‘shma majlisi 65/1-son bayonining “Tirik tarix” dasturiga kiritilgan filmlarniishlab chiqarish bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibito‘g‘risida”gi Nizom va Milliy kengash qarorigamuvofiq “Tirik tarix” filmlar turkumi bo‘yicha tanlovdag‘olib bo‘lgan kinofilmlarni ishlab chiqishga talabgorkinostudiyalar o‘rtasida 2025-yilning 19-iyun kuni pitching o‘tkazilgan edi. 

18 ta filmni tasvirga olish huquqini qo‘lga kiritishuchun 41 ta studiya tomonidan ariza kelib tushganbo‘lib, shundan 5 ta kinoloyihaga bittadan ko‘p talabgorstudiya bo‘lmagani sababli, ushbu kinoloyihalar uchunpitching o‘tkazilmadi. Filmlarning g‘oyaviy-badiiysaviyasini oshirishga ko‘maklashuvchi Milliy kengashtomonidan 2 ta film kinosinopsisi qayta ko‘rib chiqilishiqayd etildi. Natijada ushbu ikkita film kinoloyihasiuchun qayta piching o‘tkaziladigan bo‘ldi. 

Shunday qilib, 2025-yilining 19-iyun kuni o‘tkazilgan pitchingda  11 ta kinoloyiha uchun 24 tastudiya ishtirok etdi va Filmlarning g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirishga ko‘maklashuvchi Milliy kengashning 3-sonli qaroriga ko‘ra qo‘yidagi studiyalarg‘olib deb topildi. Bular:

1. “Mirzo Ulug‘bek” badiiy filmi uchun“O‘zbekfilm” kinokonserni” DUK

2. “Al-Xorazmiy” badiiy filmi uchun “RAMZ-FILM” kinostudiyasi 

3. “Farhod va Shirin” badiiy filmi uchun “Brothers Partners Ship” MChJ

4. “Maqsud Shayxzoda” badiiy filmi uchun “First art media” MChJ 

5. “Guloyim va Qirqqiz” badiiy filmi uchun“Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi 

6. “Sehrli nay” badiiy filmi uchun “OLOV NUR MEDIA”

7. “Imom Moturidiy” badiiy filmi uchun“O‘zbekfilm”kinokonserni” DUK 

8. “Herman Vamberi va mulla Is’hoq” badiiy-publitsistik filmi uchun “Kinematografiyani rivojlantirish markazi” 

9. “Turkistonlik bahodirlar” badiiy-publitsistik filmi uchun “KREAFLY PROJE REKLAM” 

10. “O‘zbek ishi” badiiy-publitsistik filmi uchun“O‘zbekfilm” kinokonserni” DUK

11. “Bibixonim” badiiy-publitsistik filmi uchun “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi”. 




Boshqa yangiliklar

“CHOʻLIQ” badiiy filmi “New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro 
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 “New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.

 Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi. 

 “Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.

 “CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

12.12.2025 04:37

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro madaniyat festivalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

12.12.2025 04:33

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda.

⭐️So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari dunyo siyosiy xaritasida yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mintaqa endi raqobat maydoni emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda harakat qilayotgan ishonchli ittifoqchilar ekani e'tirof etilmoqda.

➡️Batafsil: To‘liq maqolani o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1-lIYzj61arGiciC2Yq05quSOipBCd2Z_/view?usp=sharing)

27.11.2025 11:10

“Matonatli Maryam” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida hamda respublikamizning barcha viloyat kinoteatrlarida bir vaqtning o‘zida XX asrning 20-yillarida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan va buning natijasida siyosiy qatag‘onga uchragan vatandoshimiz Maryam Sultonmurodovaning matonatli hayot yo‘li va ayanchli qismati haqidagi “Matonatli Maryam” nomli badiiy-publitsistik filmning ilk umummilliy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Namoyishda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Shuhrat Rizayev ushbu filmning mazmuni va jamiyatdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.


Film taqdimoti Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar ishlari qoʻmitasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

26.11.2025 04:12