Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ Istanbulda turkiy mamlakatlar o'rtasidagi kinematografiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
latest-news-bglatest-news-bg

Istanbulda turkiy mamlakatlar o'rtasidagi kinematografiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Obuna bo’lish
23.07.2025 12:37
News Photo

Madaniyat vazirligi ma'lumotiga ko'ra, TURKSOY bosh kotibi Sultan Rayev raisligida bo'lib o'tgan yig'ilishda O'zbekistn Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi qatnashdi. Shuningdek, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Turkiya, O'zbekiston va boshqa a'zo davlatlardan kelgan delegatsiyalar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida tomoshabop, tarixiy va milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi filmlar yaratish, turkiy mamlakatlar o'rtasidagi kinematografiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, turkiy xalqlar o'rtasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, kino festivallarini tashkil etish, yosh kinoijodkorlarni qo'llab-quvvatlash kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Boshqa yangiliklar

Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.

Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing! 
Markaz rasmiy sahifalari


Website (https://strategy.uz/index.php) | Telegram (https://t.me/dscuzbekistan) | Facebook (https://www.facebook.com/DSCUzbekistan/) | Youtube (https://youtube.com/@developmentstrategycenter8558?si=VnEf_vzjctVlyidd)

15.01.2026 06:43

“CHOʻLIQ” badiiy filmi “New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro 
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 “New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.

 Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi. 

 “Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.

 “CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

12.12.2025 04:37

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro madaniyat festivalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

12.12.2025 04:33

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda.

⭐️So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari dunyo siyosiy xaritasida yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mintaqa endi raqobat maydoni emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda harakat qilayotgan ishonchli ittifoqchilar ekani e'tirof etilmoqda.

➡️Batafsil: To‘liq maqolani o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1-lIYzj61arGiciC2Yq05quSOipBCd2Z_/view?usp=sharing)

27.11.2025 11:10