Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida kreativ industriyalar sohasida yangi hamkorlik imkoniyatlari
latest-news-bglatest-news-bg

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida kreativ industriyalar sohasida yangi hamkorlik imkoniyatlari

Obuna bo’lish
13.08.2025 12:39
News Photo

Bugun Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari A. Xadjayev Qozog‘istonda ochiladigan New York Film Academy (NYFA) yangi filiali rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida filial rektori Gani Nigmetov akademiya va uning faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ma’lumot uchun:
✅ 2024-yil avgust oyida Qozog‘istonning Almatı viloyati Qasqelen shahrida Gumarbek Daukeyev nomidagi Almatı energetika va aloqa universiteti negizida mamlakatdagi birinchi Kreativ industriyalar parki ochildi. Strategik hamkorlik doirasida Park hududida AQShdan tashqaridagi uchinchi kampus sifatida NYFA o‘z faoliyatini boshladi. Bu Qozog‘istondagi kreativ industriyalar sohasidagi birinchi xalqaro darajadagi universitet hisoblanadi.

O‘quv jarayoni
✅ 2025-yil 29-sentabrda boshlanishi rejalashtirilgan kunduzgi ta’lim dasturlarida AQShdan taklif etilgan NYFA o‘qituvchilari quyidagi yo‘nalishlarda dars beradi:
-  Kinoprodüksiya (Filmmaking)
-  Aktyorlik mahorati (Acting Technique)
-  Ssenariy yozish san’ati (Screenwriting)
-  Animatsiya va vizual effektlar (3D Animation & VFX)
-  O‘yin dizayni (Game Design)

✅ Birinchi qabulda Qozog‘iston va Markaziy Osiyo davlatlaridan, jumladan O‘zbekistondan, 200 nafargacha talaba o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bitiruvchilarga AQSh namunasi asosida diplom berilib, Nyu-York yoki Los-Anjeles kampuslarida tahsilni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.

✅  Uchrashuvda ta’lim, talabalar almashinuvi, madaniy tashabbuslar hamda qo‘shma loyihalar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘zbekistonlik talabalar va boshqa manfaatdor fuqarolarning NYFA Qozog‘iston kampusida ta’lim olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

✅ Kinematografiya agentligi ushbu loyiha doirasida ham, shuningdek Markaziy Osiyoda kreativ industriyalarni rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli tashabbuslarda ham NYFA bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga umid bildirdi.

Boshqa yangiliklar

“CHOʻLIQ” badiiy filmi “New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro 
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 “New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.

 Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi. 

 “Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.

 “CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

12.12.2025 04:37

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro madaniyat festivalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

12.12.2025 04:33

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda.

⭐️So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari dunyo siyosiy xaritasida yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mintaqa endi raqobat maydoni emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda harakat qilayotgan ishonchli ittifoqchilar ekani e'tirof etilmoqda.

➡️Batafsil: To‘liq maqolani o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1-lIYzj61arGiciC2Yq05quSOipBCd2Z_/view?usp=sharing)

27.11.2025 11:10

“Matonatli Maryam” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida hamda respublikamizning barcha viloyat kinoteatrlarida bir vaqtning o‘zida XX asrning 20-yillarida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan va buning natijasida siyosiy qatag‘onga uchragan vatandoshimiz Maryam Sultonmurodovaning matonatli hayot yo‘li va ayanchli qismati haqidagi “Matonatli Maryam” nomli badiiy-publitsistik filmning ilk umummilliy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Namoyishda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Shuhrat Rizayev ushbu filmning mazmuni va jamiyatdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.


Film taqdimoti Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar ishlari qoʻmitasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

26.11.2025 04:12