Joriy yilning 22-24 avgust kunlari Rossiyaning madaniy poytaxti Sankt-Peterburgda VI Xalqaro LENDOC kinofestivali (LEFF) bo‘lib o‘tdi. Bu – Rossiya va yaqin xorij davlatlari kinematografchilarini birlashtiruvchi asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi.
Ushbu xalqaro miqyosdagi nufuzli kinofestivalda O‘zbekiston kinematografchilari delegatsiyasi tarkibida bir qator vakillar ishtirok etishdi. Jumladan:
Alisher Xadjayev – Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari
Bahodir Muhamedov – “O‘zbekfilm” kinokonserni DUK direktori
Erkin Azamov – ssenarist va dramaturg, “Bahorni quvib” filmi ssenariy muallifi
Sayyora Xudayberdieva – Milliy kinoni rivojlantirish markazi xalqaro bo‘limi boshlig‘i
Festival dasturi uchta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga olgan holda bo‘lib o‘tdi.
Asosiy tanlov – to‘liq metrajli badiiy filmlar (60 daqiqa va undan ortiq).
Hujjatli filmlar (40 daqiqa va undan ortiq).
Lendoc Start - Talaba yoshlar ishlari (badiiy va hujjatli, 6 daqiqadan boshlab).
Festival doirasida kinotashkilotlar rahbarlarining X yig‘ilishi ham o‘tkazildi. Unda o‘zbek delegatsiyasi vakillari Sankt-Peterburg Qonunchilik palatasi tomonidan mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p yillik kinematografiya hamkorligi uchun minnatdorchilik maktubi bilan taqdirlandilar.