Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida kino sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda.
latest-news-bglatest-news-bg

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida kino sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda.

Obuna bo’lish
26.08.2025 10:33
News Photo

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev Xitoy kinoarxivi direktori o‘rinbosari Zhang Xuxia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasida kino va kinoarxivshunoslik yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

✅Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi kurashi va jahon antifashistik urushi g‘alabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan filmlar namoyishi hamda fotoko‘rgazmani tashkil etish masalasi kelishildi. Mazkur tadbirlar 26–27-avgust kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bo‘lib o‘tadi. 

✅ Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston Milliy kino fondi mutaxassislarini Xitoyda malaka oshirish, ular uchun amaliy o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda xitoylik mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif etib, master-klass mashg‘ulotlarini o‘tkazish masalasida kelishib oldilar. 

Uchrashuv davomida kelgusida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va Xitoy kinoarxivi o‘rtasida qo‘shma loyihalar, tajriba almashinuvi hamda madaniy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha ham fikr almashildi.

Tomonlar bunday uchrashuvlar ikki xalq o‘rtasidagi madaniy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, kino san’ati orqali do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishini alohida qayd etdilar.

Boshqa yangiliklar

“CHOʻLIQ” badiiy filmi “New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro 
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 “New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.

 Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi. 

 “Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.

 “CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

12.12.2025 04:37

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro madaniyat festivalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

12.12.2025 04:33

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda.

⭐️So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari dunyo siyosiy xaritasida yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mintaqa endi raqobat maydoni emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda harakat qilayotgan ishonchli ittifoqchilar ekani e'tirof etilmoqda.

➡️Batafsil: To‘liq maqolani o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1-lIYzj61arGiciC2Yq05quSOipBCd2Z_/view?usp=sharing)

27.11.2025 11:10

“Matonatli Maryam” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida hamda respublikamizning barcha viloyat kinoteatrlarida bir vaqtning o‘zida XX asrning 20-yillarida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan va buning natijasida siyosiy qatag‘onga uchragan vatandoshimiz Maryam Sultonmurodovaning matonatli hayot yo‘li va ayanchli qismati haqidagi “Matonatli Maryam” nomli badiiy-publitsistik filmning ilk umummilliy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Namoyishda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Shuhrat Rizayev ushbu filmning mazmuni va jamiyatdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.


Film taqdimoti Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar ishlari qoʻmitasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

26.11.2025 04:12