Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi!
latest-news-bglatest-news-bg

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi!

Obuna bo’lish
26.08.2025 11:04
News Photo

2025 yil 10 iyuldagi Prezident qaroriga muvofiq, an’anaviy “Eng ulug‘, eng aziz” Respublika ko‘rik-tanlovi bu yil ham yuksak saviyada tashkil etildi.

26 avgusti kuni Yoshlar ishlari agentligi anjumanlar zalida tanlovning respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.

Tadbir  O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi boshchiligida, Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Milliy media birlashmasi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Milliy teleradiokompaniya hamkorligida o‘tdi.

 Bu yilgi tanlov 7 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi. Ulardan biri – “Kino san’ati asarlari” bo‘lib, unda:
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ulug‘ g‘oyani o‘zida mujassam etgan, zamonaviy O‘zbekiston hayoti, xalqimizning fidokorona mehnatlari, yosh avlod tarbiyasi va milliy qadriyatlarimizni chuqur aks ettirgan filmlar munosib baholandi.

“Kino san’ati asarlari” nominatsiyasi yo‘nalishida  quyidagi rejissyorlarning asarlari g‘olib deb topildi: 

1️⃣ Rejissyor Abu Tolib Adamqulov “Pandemiya. Kovid-19” badiiy filmi uchun. 
Filmda  2020–2021 yillardagi pandemiya davri, shifokorlarimiz matonati va tibbiyotda amalga oshirilgan islohotlar hayotiy obrazlar orqali namoyon etildi. Film yoshlarni vatanparvarlik va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash g‘oyasini ilgari suradi.

2️⃣ Abdulatif Haydarov “Buyuk bobolarim bolaligi” turkumidagi animatsiya filmlari uchun. Asarlarda buyuk ajdodlarga hurmat va yoshlarni ilm-ma’rifatga undash g‘oyasi chuqur ifodalangan.

3️⃣ Saida’loxon Masudxonov “Vali G‘afurov. Igna bilan yozilgan roman” hujjatli filmidagi rejissyorlik ishi uchun.  Filmda ikkinchi jahon urushi ortidan imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, o‘qituvchilik va yozuvchilikni birdek olib borgan, “Vafodor” romani muallifi Vali G‘afurovning matonatli taqdiri teran yoritilgan.

Bu asarlar nafaqat tomoshabin qalbida chuqur iz qoldirdi, balki mustaqil O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida milliy g‘urur va Vatan tuyg‘usini targ‘ib etishda o‘zining munosib ulushini qo‘sha oldi.

Boshqa yangiliklar

“CHOʻLIQ” badiiy filmi “New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro 
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 “New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.

 Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi. 

 “Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.

 “CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

12.12.2025 04:37

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro madaniyat festivalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

12.12.2025 04:33

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda.

⭐️So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari dunyo siyosiy xaritasida yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mintaqa endi raqobat maydoni emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda harakat qilayotgan ishonchli ittifoqchilar ekani e'tirof etilmoqda.

➡️Batafsil: To‘liq maqolani o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1-lIYzj61arGiciC2Yq05quSOipBCd2Z_/view?usp=sharing)

27.11.2025 11:10

“Matonatli Maryam” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida hamda respublikamizning barcha viloyat kinoteatrlarida bir vaqtning o‘zida XX asrning 20-yillarida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan va buning natijasida siyosiy qatag‘onga uchragan vatandoshimiz Maryam Sultonmurodovaning matonatli hayot yo‘li va ayanchli qismati haqidagi “Matonatli Maryam” nomli badiiy-publitsistik filmning ilk umummilliy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Namoyishda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Shuhrat Rizayev ushbu filmning mazmuni va jamiyatdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.


Film taqdimoti Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar ishlari qoʻmitasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

26.11.2025 04:12