Tatarstan poytaxti Qozon shahrida joriy yilning 5–9 sentabr kunlari “Altыn Minbar” Xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kinofestivalga 60 dan oshiq davlatlardan 750 dan oshiq filmlar jo‘natilgan.
Kinofestival kino olamida juda nufuzli xisoblanadi.
“Altыn Minbar” 21-Xalqaro kinofestivalida “Maxtumquli Firog‘iy” filmi “Rossiya Islom olami” yo‘nalishining asosiy mukofotini qo‘lga kiritdi.
Hujjatli filmlar yo‘nalishida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan Navro‘za Biynazova rejissyorligida suratga olingan “Mangu lahzalar” filmi kinojurnalistlar va kinotanqidchilar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Biz barcha ijodkorlarni xalqaro maydondagi katta yutuq bilan tabriklaymiz va zafarlari bardavom bo‘lishini tilaymiz.





