Unda O‘zbekiston kinematografiyasi vakillari ham faol ishtirok etishmoqda. Bu yilgi Ipak yo‘li xalqaro kinofestivalida O‘zbekistondan Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov, kinorejissyor va aktyor Fotih Jalolov, kinorejissyor Akrom Shaxnazarov hamda O‘zbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi rahbari, rejissyor Abdulatif Haydarov qatnashishmoqda.
Xitoyning mazkur nufuzli kinofestivalining tanlovdan tashqari dasturidan "House", "Pandemiya" kabi badiiy filmlar o‘rin olgan. Shuningdek, festival maydonlarida yirik anjumanlar ham bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, "Bir makon - bir yo‘l" tashabbusini qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlar kino sohasi vakillarining forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Belarus, Malayziya, Indoneziya, Janubiy Afrika, Keniya, Kambodja, Nepal kabi mamlakatlarning kino tashkilotlari mas’ul vakillari o‘z taqdimotlarini o‘tkazishdi hamda o‘zaro hamkorlik doiralarini kengaytirish yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirishdi.
Anjuman yakunida "Bir makon - bir yo‘l" tashabbusi doirasida xalqaro kino platformasi hamkorligi to‘g‘risida anglashuv memorandumi qabul qilindi.