"Qo‘rqut ota" V turk dunyosi kinofestivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
1-4-oktyabr kunlari Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Qo‘rqut ota” V xalqaro kinofestivalda bir guruh o‘zbek kino ijodkorlari ishtirok etishmoqda.
Festival doirasida “O‘zbekiston kinosi kunlari” ham bo‘lib o‘tadi.
Kinofestivalning ochilish marosimida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev boshchiligida o‘zbek kino yulduzlari, aktyorlar va rejissyorlar ishtirok etishdi.
Bu yil "Qo‘rqut ota" V xalqaro kinofestivalida Ayub Shahobiddinovning “Bahorni quvib”, Nusrat Husanovning "Shamsiqamar”, Doniyor Shokirovning" Jadid ma’rifati.”, Saida’loxon Mas’udxonovning "Vali G‘afurov - igna bilan yozilgan roman" filmlari yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikka asosiy da’vogarlar ro‘yxatidan joy olgan.
Festivalga 10 ga yaqin davlatdan 50 ziyod film taqdim etilgan.