⚡️ Joriy yilning 14-oktyabr kuni soat 16:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston xalq artisti, taniqli teatr va kino aktyori, dublyaj ustasi Hamza Umarov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan xotira kechasi tashkil etiladi.
✨Tadbirda sanʼatkorning boy ijodiy merosi, milliy kino sanʼati taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, Hamza Umarov ishtirok etgan filmlardan parchalar namoyish etilishi, ijod ahlining xotiralari tinglanishi, shu bilan birga aktyorning hayoti va ijodiga oid fotoko‘rgazma ham taqdim etilishi rejalashtirilgan.
🎟 Barcha yurtdoshlarimizni ushbu xotira kechasida kutamiz!





