Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston xalq artisti, taniqli teatr va kino aktyori, dublyaj ustasi Hamza Umarov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan xotira kechasi tashkil etildi.
🎭 Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, sanʼatkorning shogirdlari, kinoijodkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Shuhrat Rizayev, O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Boir Xolmirzayev aktyorning hayoti va ijodiy faoliyati, milliy kino san’ati taraqqiyotidagi o‘rni haqida iliq fikr-mulohazalar bildirishdi.
✨ Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi tomonidan sanʼatkor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ham tashkil etildi. Tadbir davomida Hamza Umarov ishtirokidagi filmlardan parchalar ham namoyish qilindi.





