Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ "Kinokarvon" ijodkorlari Qoraqalpog‘istonda!
latest-news-bglatest-news-bg

"Kinokarvon" ijodkorlari Qoraqalpog‘istonda!

Obuna bo’lish
16.10.2025 04:19
News Photo

⚡️Qoraqalpog‘istonda “Kinokarvon” loyihasi doirasida qiziqarli va mazmunli uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirda nafaqat kino sohasining yetuk vakillari, balki yosh kino ixlosmandlari ham ishtirok etmoqda.

💫Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Azimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Egamberdi Rahimov hamda mashhur aktyor Akrom Ahmedov kabi taniqli san’atkorlar qatnashdi. Ular o‘zlarining san’at yo‘lida orttirgan tajribalari, kino sohasidagi muvaffaqiyatlari va kelajak rejalarini ishtirokchilar bilan bo‘lishdi. Bu esa yosh tomoshabinlar va kino ixlosmandlari uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.

💫
Uchrashuv yakunida o‘quvchilarga yaqinda premyerasi bo'lib o'tgan 
“Mening mahallam”
 nomli yangi badiiy film namoyish etildi. Filmning taqdimoti kinosevarlar uchun katta zavq ulashdi.

✨“Kinokarvon” aksiyasi nafaqat kino san’atini targ‘ib qilish, balki yosh avlodni san’atga jalb etish, hududlarda madaniy faoliyatni rag‘batlantirish maqsadida davom etmoqda. Bu kabi loyihalar orqali O‘zbekistonning turli mintaqalarida kino sohasining rivojlanishi va mahalliy iste’dodlarning kashf etilishi uchun qulay sharoit yaratilmoqda.

Boshqa yangiliklar

“CHOʻLIQ” badiiy filmi “New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro 
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 “New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.

 Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi. 

 “Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.

 “CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

12.12.2025 04:37

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro madaniyat festivalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

12.12.2025 04:33

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda.

⭐️So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari dunyo siyosiy xaritasida yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mintaqa endi raqobat maydoni emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda harakat qilayotgan ishonchli ittifoqchilar ekani e'tirof etilmoqda.

➡️Batafsil: To‘liq maqolani o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1-lIYzj61arGiciC2Yq05quSOipBCd2Z_/view?usp=sharing)

27.11.2025 11:10

“Matonatli Maryam” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida hamda respublikamizning barcha viloyat kinoteatrlarida bir vaqtning o‘zida XX asrning 20-yillarida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan va buning natijasida siyosiy qatag‘onga uchragan vatandoshimiz Maryam Sultonmurodovaning matonatli hayot yo‘li va ayanchli qismati haqidagi “Matonatli Maryam” nomli badiiy-publitsistik filmning ilk umummilliy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Namoyishda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Shuhrat Rizayev ushbu filmning mazmuni va jamiyatdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.


Film taqdimoti Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar ishlari qoʻmitasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

26.11.2025 04:12