Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Tursunovich Rizayev Qoraqalpog'iston Respublikasidagi amaliy tashrifdan so'ng Xorazm viloyatida bo'lib, agentlik buyurtmasi asosida tasvirga olinayotgan "Sehrli ko'za" filmining suratga olish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan bir qatorda Shuhrat Rizayev film ijodkorlari bilan ham uchrashib, kelgusidagi vazifalar bo‘yicha fikr almashdi.





