Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayevning O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrigi!
latest-news-bglatest-news-bg

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayevning O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrigi!

Obuna bo’lish
20.10.2025 08:28
News Photo

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli kinoijodkorlar! 

Kinematografiya agentligi jamoasi Sizlarni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” bilan samimiy qutlaydi. 

Biz kinoijodkorlar yaratayotgan har bir filmlarimiz orqali o‘z ona tilimiz – O‘zbek tilini yanada rivojlantirishga, uning mavqeyini oshirishga xizmat qilishimiz lozim. Quvonch bilan aytish kerakki, bu boradagi amaliy ishlar hammamizning birdamligimiz asosida amalga oshmoqda. Xususan, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yaratilayotgan “Tirik tarix” dasturi doirasidagi badiiy, badiiy-publitsistik filmlar ona tilimizning boyligi, o‘ziga xos jozibasini namoyish etishga xizmat qilmoqda. O‘tgan davr mobaynida yaratilgan “Bahodir Yalangto‘sh”, “Ajiniyoz”, “Maxtumquli”, “Ulug‘ Amir va donna Mariya” kabi tarixiy filmlar fikrimizning yorqin misolidir. 

🎬Ayni paytda suratga olish jarayoni qizg‘in olib borilayotgan 
“Yulduzlar shu’lasi: Jomiy va Navoiy” tarixiy badiiy filmi orqali esa ulug‘ mutafakkir va buyuk shoir, turkiy tilda “ko‘p va xo‘b” she’rlar yozgan hazrat Alisher Navoiyning siymosini aks ettirib, ona tilimizga bo‘lgan muhabbatni yana bir bor tarannum etishga urinmoqdamiz. 

Shunday ekan, yaratilajak har bir asar, jumladan kinoloyiha orqali milliy tilimizni ulug‘laylik va e’zozlaylik. Zero, ona tiliga bo‘lgan munosabat - ona yurtga bo‘lgan munosabat bilan tengdir. 

🇺🇿Har bir xalqning ona tili millatining ruhi, davlatining timsoli ekanini e’tiborga olgan holda, uni asrash va rivojlantirish har bir millatdoshimizning ham burchidir. Binobarin, o‘zbek tilini rivojlantirish, davlat tili sifatidagi o‘rnini va nufuzini yanada mustahkamlashdek mas’uliyatli vazifa barchamizning oldimizda eng muhim hayotiy masaladir.

Atoqli adib, jadidchilik harakatining yetuk vakili Abdulla Qodiriy ona tilimiz borasida kuyunib: “O‘zbek tili kambag‘al til emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar” degan edi. 

🇺🇿Muhtaram Prezidentimizning "Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir", — degan fikrlari tilimizni e’zozlash, uning davlat tili  sifatidagi maqomini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash borasida har birimizga jiddiy mas’uliyat yuklaydi. Zero, til bor ekan, millat barhayotdir.
Ona tili yashasa, millat yashaydi. Agar biz tilimizning ko‘rkamligi, boyligini milliy filmlarimiz orqali dunyoga tarannum etsak, millatimiz sha’nini yanada yuksaltirgan bo‘lamiz.

🇺🇿O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar, qadrli yurtdoshlar!

Boshqa yangiliklar

🆕 DIQQAT, TANLOV! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi 2026-yilda davlat buyurtmasi asosida ustuvor mavzular boʻyicha ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan kinoloyihalar uchun ijodiy tanlov e’lon qiladi!


⏳ Tanlov 2026-yilning 10-aprelidan 11-may sanasiga qadar davom etadi. 

✅ Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchiga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
Ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo‘lgan kinoapparatura va mutaxassislarning mavjudligi;                                                                                                                            Ijodiy guruh tarkibida kamida bir nafar professional kinoijodkorning mavjudligi; Ishtirokchining kinoloyihada o‘z mablag‘lari hisobidan bajaradigan ishlari hajmi (foizda).

✅ Tanlovga taqdim etilgan qisqartirilgan adabiy ssenariylar (sinopsislar) quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi lozim:
o‘zbek tilida (Agar xorijiy tilda yozilsa, adabiy ssenariy tarjimasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tafovutlarning oldini olish maqsadida oʻzbek tilidagi tarjimasi bilan birga topshiriladi), adabiy til va imlo qoidalariga rioya qilingan holda A4 formatda, 14 shriftda, 1,5 intervalda yozilgan bo‘lishi kerak.

❗️Eslatma: Ishtirokchi har bir (lot) yoʻnalish uchun faqat bitta taklif berishga haqli. 

❗️Tanlov ishtirokchilarining takliflari tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan manzil boʻyicha muhrlangan konvertda taqdim etiladi.

⚠️ Tanlovga taqdim etilgan sinopsislar va kinoloyihalar taqriz qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. 

❕Tanlov mavzulariga mos bo‘lmagan va talablariga zid bo‘lgan kinoloyihalar muhokama uchun qabul qilinmaydi.  

Qisqartirilgan adabiy ssenariylar (sinopsislar) va kinoloyihalar belgilangan muddatlarda tanlov ishtirokchilarining (kino faoliyati bilan shug‘ullanuvchi studiya) arizasi bilan Kinematografiya agentligining Kinoloyihalar bilan ishlash boshqarmasining Davlat buyurtmasi bilan ishlash boʻlimiga topshiriladi. 

🔗 👉 Tanlov shartlari (https://t.me/uzbekkinopress/28247)
🔗 👉 Tanlovga ariza namunasi (https://t.me/uzbekkinopress/28248)  

📆 Arizalar 2026-yil 11-may soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71 277-81-49. 
📍 Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 1A-uy.

Quyida tanlov mavzulari bilan tanishishingiz mumkin👇
[09.04.2026 19:17] Sherzod Aka Ish: Tanlovga taqdim etiladigan kinoloyihalar quyidagi mavzu va yo‘nalishlarda qabul qilinadi: 

1. Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirish, zamonaviy kontent yaratish hamda yosh kino ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida kam budjetli  
(1.0 mlrd so‘mgacha) badiiy film va (100 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda moliyalashtiriladigan) qisqa metrajli (badiiy va hujjatli) film loyihalari;

2. Aholining turli qatlamlari uchun ekologik mavzularda va “yashil iste’mol” madaniyatining kundalik qoidalarini bilish, tabiiy resurslarni isrof qilmaslik kabi xalqimizning milliy udum va qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi badiiy va multiplikatsion filmlar loyihalari;  

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasida uzoq yillar davomida rahbarlik faoliyatini amalga oshirgan, hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan davlat arbobi Qallibek Kamalovning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyatini yorituvchi hujjatli film loyihalari;  

4. XII-XIII asrlarda yashagan buyuk alloma Najmiddin Kubroning boy ma’naviy merosi, tasavvuf ta’limoti va insoniy kamolot g‘oyalarini keng yoritishga qaratilgan, shuningdek, uning hayoti, ilmiy-falsafiy qarashlari va tarixiy ahamiyatini,  shu bilan birga, o‘zbek va turkman xalqlari uchun mushtarak bo‘lgan ma’naviy meros hamda tarixiy bog‘liqlik masalalarini chuqur yoritishni nazarda tutuvchi badiiy-publitsistik film loyihalari (Tanlovdan saralab olingan loyiha Turkmaniston Respublikasi tomonidan belgilangan ijodiy jamoa bilan kelishilgandan so‘ng, film ishlab chiqarishga tushiriladi);

5. Sud hukmi bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan talabalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar haqidagi qisqa metrajli (badiiy va hujjatli) film loyihalari;

6. O‘zbek milliy kinosining yorqin yulduzi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, afsonaviy aktrisa Yulduz Rizayeva hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film loyihalari;
O‘zbekistonning iste’dodli san’atkorlari va xalq orasida keng tanilgan ustozlari – xalq artistlari Farrux Zokirov, Erkin Komilov, Saidkomil Umarov, Gulchehra Jamilova, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono (Danisiya) Boboxonova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi O‘lmas Alixo‘jayevning hayoti va ijodiy faoliyatini yorituvchi hujjatli film loyihalari;

7. Bolalar haqidagi turli-tuman mavzular yo‘nalishida qisqa metrajli filmlardan iborat “Zumrasha” bolalar hajviy-kinojurnali loyihalari;

8. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlab yaratiladigan #MustaqilOʻzbekiston xeshtegi ostida qisqa metrajli (badiiy va hujjatli) film va videorolik loyihalari;

9. “35 yillik Istiqlol yilnomasi” ruknida Mustaqilligimizning tarixiy bosqichlari, erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlarini yorituvchi turkum hujjatli film loyihalari.

✅  Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 Website (https://uzbkino.uz/) 🔵Facebook (https://www.facebook.com/uzbekkino.uz/) 
📷Instagram (https://www.instagram.com/uzkinematografiya_official) 🚀Telegram (https://t.me/uzbekkinopress)

13.04.2026 11:28

Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.

Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing! 
Markaz rasmiy sahifalari


Website (https://strategy.uz/index.php) | Telegram (https://t.me/dscuzbekistan) | Facebook (https://www.facebook.com/DSCUzbekistan/) | Youtube (https://youtube.com/@developmentstrategycenter8558?si=VnEf_vzjctVlyidd)

15.01.2026 06:43

“CHOʻLIQ” badiiy filmi “New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro 
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.

 “New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.

 Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi. 

 “Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.

 “CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

12.12.2025 04:37

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro madaniyat festivalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

12.12.2025 04:33