Bugun O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Markaziy Osiyo davlatlari hamda Ozarbayjon kinosi kunlarining ochilishi bo’lib o’tdi. Tadbir xorijiy delegatsiyalar ishtirokidagi davra suhbati bilan boshlandi. Ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Ozarbayjon Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Rashad Azizov, Qozog’iston Milliy kinoni qo’llab-quvvatlash davlat markazi Boshqaruvi Raisi o’rinbosari Adilet Omarov, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan bir qancha mehmonlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir Qozog’iston, Ozarbayjon va Qirg’iziston davlatlarining kichik metrajli hujjatli filmlari namoyishi bilan davom etdi.
Markaziy Osiyo davlatlari hamda Ozarbayjon kinosi kunlari madaniy aloqalarni mustahkamlash, san’at orqali xalqlarni yaqinlashtirish va o‘zaro tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!





