Bugun Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyida Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti buyurtmasiga binoan, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi”DUK tomonidan suratga olingan “Akademik Sodiq Azimov. Quyoshga intilgan alloma” nomli hujjatli filmning namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Namoyishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi Kinoloyihalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Hayitov, O‘zbekiston fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayupov, kino ijodkorlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Namoyishda so’zga chiqqanlar ushbu filmning yaratilish tarixi, ijodiy salohiyati hamda unda ko‘tarilgan dolzarb masalalar, akademik Sodiq A'zimovning hayoti va faoliyati to‘g‘risida iliq fikrlar bildirishdi.
Ushbu film rejissyori Bahodir Adilov bo’lib, filmda O‘zbekistonda yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi va yuqori temperaturali geliomaterialshunoslik sohalariga asos solgan, bu yo‘nalishlarni rivojlantirib, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan oliy martabali olim Sodiq Azimovning hayot yo‘li va ilmiy faoliyati yoritilgan.





