Oʻzbekiston-24 telekanalida “Maxtumquli Firog‘iy” filmining Nyu-York shahridagi taqdimotiga bag'ishlangan lavha efirga uzatildi.




Oʻzbekiston-24 telekanalida “Maxtumquli Firog‘iy” filmining Nyu-York shahridagi taqdimotiga bag'ishlangan lavha efirga uzatildi.
Yig‘ilishda:
1. Kinematografiya agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashi yangilangan tarkibini tanishtirish va raisligiga yangi nomzodni saylash va bo‘yicha takliflar;
2. “O‘zbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar hamda sohadagi muammolar;
3. 2025-yilning o‘tgan 10 oyi davomida “Tirik tarix” dasturi doirasidagi kinoloyihalar, davlat buyurtmasi asosida yaratilayotgan filmlar va seriallarni ishlab chiqarilishi holati bo‘yicha hisobot va muammolar;
4. Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha tashkil etilgan aloqa kanallari faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi masalar muhokama qilindi.
30.10.2025 13:10
Bugun Kinematografiya agentligida O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Agentlik hamda tizim tashkiloti xodimlari, kino sohasi vakillari, kinoijodkorlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishni Kinematografiya agentligi direktori, atoqli adabiyotshunos olim, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Shuhrat Rizayev kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilish ishtirokchilariga o‘zbek tili tarixi va rivojlanishi, bu yo‘lda jadidlarimizning jasoratlari haqida so‘zlab berdi. Shundan so‘ng, Kinematografiya agentligi direktorining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilfuza Turdiboyeva so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan til siyosati, Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish jarayonlari va bu borada davlat xizmatchilarining o‘rni haqida gapirib o‘tdi. Shu bilan birga, O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar haqida ham qisqacha ma’lumot berdi. Yig‘ilish yakunida, Kinematografiya agentligi rahbariyati tomonidan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan “Ommaviy diktant” aksiyasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan xodimlar taqdirlandi. Taqdirlanganlar ro‘yxati: Orzugul Muzrobova – Kinematografiya agentligi badiiy-matn muharriri Shehroz Usmonov – “Yoshlik” kinostudiyasi” DUK xodimi Islombek Otakeldiyev – Kinematografiya agentligi xodimi.
20.10.2025 10:40
Hurmatli yurtdoshlar, qadrli kinoijodkorlar!
Kinematografiya agentligi jamoasi Sizlarni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” bilan samimiy qutlaydi.
Biz kinoijodkorlar yaratayotgan har bir filmlarimiz orqali o‘z ona tilimiz – O‘zbek tilini yanada rivojlantirishga, uning mavqeyini oshirishga xizmat qilishimiz lozim. Quvonch bilan aytish kerakki, bu boradagi amaliy ishlar hammamizning birdamligimiz asosida amalga oshmoqda. Xususan, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yaratilayotgan “Tirik tarix” dasturi doirasidagi badiiy, badiiy-publitsistik filmlar ona tilimizning boyligi, o‘ziga xos jozibasini namoyish etishga xizmat qilmoqda. O‘tgan davr mobaynida yaratilgan “Bahodir Yalangto‘sh”, “Ajiniyoz”, “Maxtumquli”, “Ulug‘ Amir va donna Mariya” kabi tarixiy filmlar fikrimizning yorqin misolidir.
🎬Ayni paytda suratga olish jarayoni qizg‘in olib borilayotgan
“Yulduzlar shu’lasi: Jomiy va Navoiy” tarixiy badiiy filmi orqali esa ulug‘ mutafakkir va buyuk shoir, turkiy tilda “ko‘p va xo‘b” she’rlar yozgan hazrat Alisher Navoiyning siymosini aks ettirib, ona tilimizga bo‘lgan muhabbatni yana bir bor tarannum etishga urinmoqdamiz.
Shunday ekan, yaratilajak har bir asar, jumladan kinoloyiha orqali milliy tilimizni ulug‘laylik va e’zozlaylik. Zero, ona tiliga bo‘lgan munosabat - ona yurtga bo‘lgan munosabat bilan tengdir.
🇺🇿Har bir xalqning ona tili millatining ruhi, davlatining timsoli ekanini e’tiborga olgan holda, uni asrash va rivojlantirish har bir millatdoshimizning ham burchidir. Binobarin, o‘zbek tilini rivojlantirish, davlat tili sifatidagi o‘rnini va nufuzini yanada mustahkamlashdek mas’uliyatli vazifa barchamizning oldimizda eng muhim hayotiy masaladir.
Atoqli adib, jadidchilik harakatining yetuk vakili Abdulla Qodiriy ona tilimiz borasida kuyunib: “O‘zbek tili kambag‘al til emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar” degan edi.
🇺🇿Muhtaram Prezidentimizning "Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir", — degan fikrlari tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash borasida har birimizga jiddiy mas’uliyat yuklaydi. Zero, til bor ekan, millat barhayotdir.
Ona tili yashasa, millat yashaydi. Agar biz tilimizning ko‘rkamligi, boyligini milliy filmlarimiz orqali dunyoga tarannum etsak, millatimiz sha’nini yanada yuksaltirgan bo‘lamiz.
🇺🇿O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar, qadrli yurtdoshlar!
20.10.2025 08:28
Ellikqal’a tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Kino karvon” tadbiri doirasida el sevar san’atkorlar va aktyorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mehmonlar texnikum jamoasi tomonidan nonu tuz bilan samimiy kutib olindi. Tadbirda texnikum o‘quvchi yoshlari faol ishtirok etib, sevimli ijodkorlar bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv davomida yoshlar san’at olamining sir-asrorlari, ijodkorlik jarayoni hamda milliy kinematografiyaning bugungi yutuqlari haqida қизиқарли ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tadbir so‘ngida “Mening mahallam” badiiy filmi namoyish etildi. Film yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilindi.
17.10.2025 09:20

O‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat vazirligi huzuridagi
Kinematografiya agentligi
+998 71 277 81 44