Joriy yilning 20-fevralidan 6-mart sanasiga qadar Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida 2024-yilda ishlab chiqarilgan badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli, qisqa metrajli va animatsion filmlarning “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi namoyishlari bo‘lib o‘tadi.
“Bir kuni Samarqandda”, “Yangi yil”, “Uyga qaytish” hamda “Ajiniyoz” nomli filmlarning namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishda Kinematografiya agentligi vakillari, talaba-yoshlar hamda kino ixlosmandlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, Kino saroyga tashrif buyurgan tomoshabinlar yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston Kino sanʼati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, milliy kino merosimizning boy va rang-barang tarixidan bahramand bo‘ldilar.
Ma'lumot uchun, “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi bepul kinonamoyishlar joriy yilning 20-fevralidan 6-mart sanasiga qadar Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida bo‘lib o‘tadi. Joylar soni cheklanganligini inobatga olgan holda tomoshabinlarimizdan namoyish vaqtidan avvalroq kelishlarini so‘raymiz.
Barchani “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi kinonamoyishlarga taklif qilamiz!