Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Tirik tarixdan nurli kelajak sari” ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Anjumanda 2024-yilda ishlab chiqarilgan filmlar sarhisobi yuritilib, tarixiy, zamonaviy, hujjatli va animatsion kinolarning rivoji tahlil qilindi.
Mutaxassislar kino sohasidagi islohotlar, milliy serillar, hujjatli filmlar va animatsiya sohasidagi muammolar hamda ularning yechimlari haqida fikr almashadilar va kino sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Ma’lumot uchun: Kinematografiya agentligi tomonidan 2024-yilda jami 123 ta kinomahsulot ishlab chiqarilgan. Jumladan: 18 ta badiiy, 54 ta hujjatli, 32 ta qisqa metrajli va 8 ta animatsion filmlar, shuningdek, 9 ta serial va 2 ta reklama roligi suratga olingan.












