🇺🇿🇮🇳Kinematografiya agentligi va Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan “Hind kinosi kunlari” ochilish marosimi bo‘lib o’tdi
Tadbirda Hindistonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi Smita Pant, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Bollivudning mashhur kinoijodkorlari Abhishek Bachchan, Saiyami Kher, R. Balki va Gauri Shinde va boshqalar ishtirok etishdi.
#SashaktNari shiori ostida o’tkazilayotgan “Hind kinosi kunlari” doirasida namoyish etiladigan filmlar, ayollarning jamiyatdagi o’rni, ularning rivojlanishi haqida hikoya qiladi.
Tadbirda Abhishek Bachchan, Saiyami Kher, R. Balki va Gauri Shinde ayollar muammolari haqida so‘z yuritib, “Hind kinosi kunlari” doirasida namoyish etiladigan filmlarning g‘oyalari hamda ularning ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishdagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirdi.