Joriy yilning 20-mart kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida mashhur turk prodyuseri Timur Savcı bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi!
Timur Savcı — turk va jahon kino hamda serial industriyasida tan olingan prodyuser bo‘lib, o‘z faoliyatini o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo‘lgan “Ishkomli uy” (Asmalı Konak) teleserialida koprodyuser va loyiha koordinatori sifatida boshlagan.
Keyinchalik u “TIMS Productions” prodyuserlik kompaniyasiga asos solib, xalqaro maydonda e’tirof etilgan ko‘plab film va seriallarni suratga olgan. “Muhtasham yuz yil” (Muhteşem Yüzyıl), “Kosem” (Kösem), “Boshqa biri” (Bambaşka Biri), “Gulpari” (Gülperi), “Choliqushi” (Çalıkuşu) kabi mashhur loyihalar shular jumlasidan.
Timur Savcı o‘zining yuqori sifatli prodyuserlik ishlari uchun bir nechta xalqaro va mahalliy mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Tajribali prodyuser bilan kino olamining sir-asrorlari va xalqaro muvaffaqiyat sirlari haqidagi ijodiy uchrashuvni o’tkazib yubormang!
📍 O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi
🗓 20 - mart
🔜 15:00
🆓 Kirish bepul