Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida “Kinokarvon” tadbirlarining birinchi ijodiy uchrashuvi boshlandi. Uchrashuvda Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi vakillari, Buxoro viloyati hokimligi, Buxoro davlat pedagogika instituti rahbariyati hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida “Uyga qaytish” badiiy filmining ijodiy jamoasi talaba yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi va samimiy, ijodiy suhbat bo’lib o’tdi.
Uchrashuv so’ngida “Uyga qaytish” badiiy filmi namoyish etildi.
Ma’lumot uchun, Kinematografiya agentligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida tashkil etilgan “Kinokarvon” loyihasi butun respublika bo’ylab o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, keyingi manzil- Qoraqalpog‘iston!






