Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh sahifa
/ Yangiliklar
/ Kinematografiya agentligi Markaziy apparatini malakali kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda
latest-news-bglatest-news-bg

Kinematografiya agentligi Markaziy apparatini malakali kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Obuna bo’lish
28.03.2025 07:57
News Photo



2024-yil davomida Agentlikning Markaziy apparatida vakant lavozimlar bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tanlovlar o‘tkazildi. Natijada 18 ta lavozim uchun 10 nafar nomzod ishga qabul qilindi.


2025-yil davomida esa 6 nafar nomzod tanlov jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, ular bilan mehnat shartnomalari imzolandi.


Hozirda Markaziy apparatda 2 ta vakant lavozim bo‘yicha tanlov jarayonlari davom etmoqda.


Malakali mutaxassislarni jalb etish va kinematografiya sohasini rivojlantirish maqsadida tanlovlar ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilmoqda.


Boshqa yangiliklar

Moskvada “Brilliant kapalak” Yevroosiyo kinomukofoti taqdimoti bo‘lib o‘tdi



47-Moskva xalqaro kinofestivali (MXKF) doirasida ilk bor Yevroosiyo kinematografiya san’ati akademiyasi - “Brilliant kapalak” kinomukofotining taqdimoti o‘tkazildi.


Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Delegatsiyaga Kinematografiya agentligi direktor o‘rinbosari Alisher Xadjayev rahbarlik qilmoqda.

Uzbek delegation

Taqdimotda Rossiya va Belarus madaniyat vazirlari, “Mosfilm” rahbari Karen Shaxnazarov, “Gazprom-Media Holding” prezidenti Aleksandr Jarov, mashhur prodyuserlar, rejissyorlar, aktyorlar va xalqaro hakamlar hay’ati a’zolari qatnashdi. 


Tadbir avvalida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin video murojaat orqali ishtirokchilarni tabriklab, Yevroosiyo kinoakademiyasining tashkil etilishi bugungi murakkab davrda alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, kinoakademiya doirasida yosh kinoijodkorlar uchun ta’lim dasturlari va talabalar almashinuvi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

MXKF

Mukofot 12 ta nominatsiya bo‘yicha topshiriladi: eng yaxshi film, rejissyor, ssenariy muallifi, operator, bastakor, rassom, asosiy va ikkinchi darajali rollarda eng yaxshi aktyor va aktrisa, Yevroosiyo hududiga kirmaydigan davlatdan eng yaxshi film hamda jahon kinematografiyasiga qo‘shgan hissasi uchun maxsus sovrin.


Ma’lumot uchun, “Brilliant kapalak” haykalchasi mashhur rassom Yuriy Kuper tomonidan yaratilgan bo‘lib, har bir statuetkaga 5000 dona sun’iy brilliant o‘rnatilgan.


Mukofotning bosh sovrini — “Eng yaxshi film” uchun 1 million AQSh dollari miqdorida pul mukofoti ajratilgan. Qolgan nominatsiyalarda g‘oliblar 250 ming dollardan mukofot oladilar.


Mukofotni topshirish marosimi 2025-yil 5-dekabr kuni Moskvada o‘tkazilishi e’lon qilindi.



23.04.2025 13:21

Gulistonda Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qarori — “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash to‘g‘risida”gi qaror asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da Guliston shahrida zamonaviy va ixcham kinoteatr tashkil etish, unda yoshlar uchun filmlar namoyish etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan edi.


21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1

Marosimda Kinematografiya agentligining Ijro apparati rahbari Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shoxrux Isakulov so‘zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning maʼnaviy va madaniy dunyoqarashini boyitishda muhim maskanga aylanishi kutilayotganini ta’kidladilar.

2

Tadbir davomida mehmonlar va yoshlar uchun “Uch qahramon” badiiy filmi namoyish etildi. Shuningdek, film namoyishidan avval kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv ham tashkil etildi. Aktyor va aktrisalar filmning mazmun-mohiyati hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.


Mazkur kinoteatr yoshlar uchun nafaqat madaniy hordiq, balki o‘z ijodiy salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.



23.04.2025 12:37

Tokioda o‘zbek tilini o‘rganayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi



Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi munosabati bilan Tokio shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ilmiy anjuman doirasida Tokio Chet tillari universiteti (Tokyo University of Foreign Studies) talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.


Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zbek jadidchiligi, Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi, zamonaviy O‘zbekiston kinematografiyasi va ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalar haqida fikr almashdilar.


Uchrashuv yakunida “Mahmudxo‘ja Behbudiy” badiiy-publitsistik filmi namoyish etildi. Film tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va talabalar hamda mutaxassislar o‘rtasida mazmunli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.



19.04.2025 17:21

O‘zbekiston va Rossiya kinoarxivchilari o‘rtasida hamkorlik



O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Kinematografiya Agentligi ko'magi bilan 2025-yil 15-18-aprel  kunlarida "O'zbekiston milliy kinofondi" DM direktori Sherzod Norov va mas’ul hodim Husan Yusopovlar Moskva viloyatida joylashgan GosFilmoFondda tajriba almashish maqsadida ijodiy safar uyushtirdi.


Ijodiy safar davomida GosFilmoFondda kinolentalarning qanday sharoitda saqlanishi, ularning restavratsiya qilish jarayonlari hamda filmlarni saqlash bo’yicha kerakli barcha ko’nikmalar xususida tajriba almashilindi va muhim jihatlar o’zlashtirildi. 


🇺🇿🇷🇺 “O’zbekiston milliy kinofondi” DM ushbu hamkorlikni davomli bo’lishini kutib qoladi.


19.04.2025 17:15