Bugun Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot va yoshlar vazirligi huzuridagi Kinematografiya departamenti direktori – Adamaliyev Ulan Aylchievich, “Kirgiztasmasi” davlat korxonasi direktori – Tulekeev Almaz Toktogazyevich, hamda taniqli ssenariy muallifi va rejissyor – Sydykov Naizabek Ravshanbekovich “O‘zbekfilm” kinokonserniga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar kinokonsernning tasvirga olish pavilionlari, suratga olish jihozlari va boshqa eksponatlari bilan yaqindan tanishishdi va o’zbek kino sohasida amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholashdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligida yaratiladigan yangi loyihalar muhokama qilindi.









