Bugun Kinematografiya agentligi direktor o‘rinbosari Alisher Xodjayev Qatar Davlatining “Al-Jazeera Media Network” delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “Al-Jazeera Documentary” telekanali direktori Ahmad Mahfuz hamda telekanalning rejalashtirish va grafik tuzish departamenti boshlig‘i Odil Ksiksi ishtirok etdi.
Suhbat davomida Alisher Xodjayev mehmonlarga agentlik faoliyati, O‘zbekistonda kino sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida Kinematografiya agentligi va “Al-Jazeera Media Network hamkorlikda yangi loyihalar yaratish, “Al-Jazeera Documentary” platformasida o‘zbek hujjatli filmlari namoyish etilishi va O‘zbekistonning turli lokatsiyalarida qo‘shma filmlar suratga olinishi bo’yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolash taklifi ilgari surildi.