



Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Smita Pant xonimni qabul qildi. Muloqotda elchi xonim Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkentda “Hind kinosi kunlari” tadbirini o‘tkazish tashabbusini ilgari surib, tadbirga ruxsat berish va uni samarali tashkil etishda Agentlikning amaliy ko‘magiga tayanishini ma’lum qildi.
“Hind kinosi kunlari” tadbiri Kinematografiya agentligi va Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida 13-16-mart kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida tashkil qilinishi belgilandi.
Tadbirda bollivudning mashhur kinoijodkorlari ishtiroki kutilmoqda. Bu haqda batafsil keyingi postlarimizda.
🎬 Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
25.02.2025 10:35

Joriy yilning 20-fevralidan 6-mart sanasiga qadar Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida 2024-yil mobaynida ishlab chiqarilgan badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli, qisqa metrajli va animatsion filmlar namoyishi sizni kutmoqda!
📽Repertuar jadvali bilan tanishing:
🗓 Payshanba, 20-fevral:
🎞 «Bahodir Yalangtoʻsh» b/f – 10:00
🎞 «Pandemiya» b/f – 14:00
🗓 Juma, 21-fevral:
🎞 «Bir kuni Samarqandda» b/f – 10:00
🎞 «Yangi yil» b/f – 11:40
🎞 «Uyga qaytish» b/f – 14:00
🎞 «Ajiniyoz» b-p/f – 15:20
🗓 Shanba, 22-fevral:
🎞 «Uch qahramon» b/f – 10:00
🎞 «Kallaxona LOVE» b/f – 14:00
🗓 Yakshanba, 23-fevral:
🎞 «Bahorni quvib» b/f – 10:00
🎞 «Xaus» b/f – 11:40
🎞 «Sevdo» b/f – 14:00
🗓 Dushanba, 24-fevral:
🎞 «Samuray» b/f – 10:00
🎞 «Qariqiz» b/f – 11:30
🎞 «Zobit-55» b/f – 14:00
🎞 «Maxtumquli» b/f – 16:00
🗓 Seshanba, 25-fevral:
🎞 «Ishq va anduh» b/f – 10:00
🎞 «Odina» b/f – 11:45
🎞 «Mukarrama Turgʻunboyeva» h/f – 14:00
🎞 «Halima Nosirova» h/f – 14:13
🎞 «Joʻraxon Sultonov» h/f – 14:26
🎞 «Muhiddin Rahimov» h/f – 14:39
🎞 «Fattohxon Mamadaliyev» h/f – 14:52
🎞 «Toʻra Sulaymon» h/f – 15:05
🎞 «Baxtiyor Sayfullayev» h/f – 15:18
🎞 «Alisher Navoiy» h/f – 15:55
🗓 Chorshanba, 26-fevral:
🎞 «Yangi Oʻzbekiston lochinlari» h/f – 10:00
🎞 «Seni vatan kutadi» h/f – 10:23
🎞 «Zamonaviy harbiy institut» h/f – 10:36
🎞 «Qutqaruvchi» h/f – 10:49
🎞 «Ayollar daftari» h/f – 11:15
🎞 «Tadbirkorlik. Katta sakrash» h/f – 11:41
🎞 «Islom – tinchlik va ezgulik dini» h/f – 12:07
🎞 «Xavfli hudud» h/f – 12:20
🎞 «Jadid maʼrifati» h/f – 12:46
🎞 «Ziyorat – oltin yoʻl» 5 qismli h/f – 14:00-15:44
🗓 Payshanba, 27-fevral:
🎞 «Hamza Umarov» h/f – 10:00
🎞 «Shuhrat Abbosov» h/f – 10:20
🎞 «Maryam Yoqubova» h/f – 10:40
🎞 «Nabi Rahimov» h/f – 11:00
🎞 «Shukur Burhonov» h/f – 11:20
🎞 «Razzoq Hamroyev» h/f – 11:40
🎞 «Komil Yormatov» h/f – 12:00
🎞 «Yoʻldosh Aʼzamov» h/f – 12:20
🎞 «Lutfixonim Sarimsoqova» h/f – 12:40
🎞 «Nabi Gʻaniyev» h/f – 14:40
🎞 «Oy borib, omon qaytganlar» h/f – 15:00
🗓 Juma, 28-fevral:
🎞 «Yangi Oʻzbekiston kinosolnomasi» 12 qismli h/f – 10:00-14:30
🎞 «Oʻzbekiston madaniy merosi Polsha muzeylarida» h/f – 15:00
🎞 «Siz kimsiz, janob Vamberi?» h/f – 15:25
🗓 Shanba, 1-mart:
🎞 «Hamidulla Akbarov» h/f – 10:00
🎞 «Yoqub Ahmedov» h/f – 10:30
🎞 «Turgʻun Azizov» h/f – 11:00
🎞 «Muhammadali Abduqunduzov» h/f – 11:30
🎞 «Abdurahim Ismoilov» h/f – 12:00
🎞 «Musbatoy va Manfiybek» 15 qismli a/f – 12:30-14:40
🗓 Yakshanba, 2-mart:
🎞 «Jonivorlar haqida suhbat» 16 qismli h/f – 10:00-15:30
🗓 Dushanba, 3-mart:
🎞 «Koʻzgu» q-m/f – 10:00
🎞 «Ona» q-m/f – 10:10
🎞 «Rang va ohang» q-m/f – 10:18
🎞 «Oʻzbekoy» q-m/f – 10:27
🎞 «Uygʻonish» q-m/f – 10:36
🎞 «Hasad» q-m/f – 10:45
🎞 «Orzusiz bir kun» q-m/f – 10:58
🎞 «Я люблю Ташкент» q-m/f – 11:07
🎞 «Burch» q-m/f – 11:27
🎞 «Gol» q-m/f – 11:33
🎞 «Daraxt» q-m/f – 11:40
🎞 «Qizil yoʻlak» q-m/f – 11:52
🎞 «Magʻfirat» q-m/f – 12:00
🎞 «Muhabbat bitta boʻladimi?» q-m/f – 12:12
🗓 Seshanba, 4-mart:
🎞 «Intizor» q-m/f – 10:00
🎞 «Drel» q-m/f – 10:10
🎞 «Gʻamxoʻrlik» q-m/f – 10:26
🎞 «Oʻtmish tushi» q-m/f – 10:36
🎞 «Behbudiy» q-m/f – 10:53
🎞 «Vaʼda» q-m/f – 11:03
🎞 «Quvlashmachoq» q-m/f – 11:13
🎞 «Zangori tosh» q-m/f – 11:23
🎞 «Zumrasha» 2 qismli q-m/f – 11:37
🗓 Chorshanba, 5-mart:
🎞 «Shum bolaning sarguzashtlari» a/f – 10:00-12:00
🗓 Payshanba, 6-mart:
🎞 «Buyuk Ipak yoʻli boʻylab sayohat» a/f – 10:00
🎞 «Toʻmaris» a/f – 10:12
🎞 «Amir Temur» a/f – 10:30
🎞 «Al-Xorazmiy» a/f – 10:50
🎬 Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
25.02.2025 08:27

Joriy yilning 20-fevralidan 6-mart sanasiga qadar Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida 2024-yilda ishlab chiqarilgan badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli, qisqa metrajli va animatsion filmlarning “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi namoyishlari bo‘lib o‘tadi.
“Bir kuni Samarqandda”, “Yangi yil”, “Uyga qaytish” hamda “Ajiniyoz” nomli filmlarning namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishda Kinematografiya agentligi vakillari, talaba-yoshlar hamda kino ixlosmandlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, Kino saroyga tashrif buyurgan tomoshabinlar yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston Kino sanʼati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, milliy kino merosimizning boy va rang-barang tarixidan bahramand bo‘ldilar.
Ma'lumot uchun, “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi bepul kinonamoyishlar joriy yilning 20-fevralidan 6-mart sanasiga qadar Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida bo‘lib o‘tadi. Joylar soni cheklanganligini inobatga olgan holda tomoshabinlarimizdan namoyish vaqtidan avvalroq kelishlarini so‘raymiz.
Barchani “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi kinonamoyishlarga taklif qilamiz!
24.02.2025 13:04

O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Milliy Gvardiya, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda “Renessans” telekanali hamkorligida “Liger Cinema” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Va'da” nomli ko‘p qismli serialning premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Namoyishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar, kadrlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi direktori Otabek Xasanov, Kinematografiya agentligi Matbuot kotibi Sayfullo Rajabov, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz, hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Sarvar Mamayusupov va Sayfullo Rajabov mazkur serialning mazmuni hamda ahamiyati xususida batafsil so‘z yuritdi. Shu bilan birga, Milliy Gvardiya qo‘mondonligi rahbariyati tomonidan hamkor tashkilotlar hamda kinoijodkorlar uchun maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.
Serial yoshlarning harbiy ta'lim olish jarayonini, intizom va mas’uliyat his qilishni o‘rganish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish kabi muhim jihatlarni aks ettiradi. Shuningdek, asarda do‘stlik, sadoqat, jasorat va vatanparvarlik kabi oliyjanob qadriyatlar ulug‘lanadi.
Serialda Mejriddin Rahmatov, Anvar Azimov, Dilmurod Masaidov, Rahmatilla Valiyev, Jamshid Itolmasov, Mehridilbonu Ergasheva, Sevinch Siddiqova kabi mahoratli ijodkorlar suratga tushgan. Senariy mualliflari– Bobur Yo‘ldoshev va Sanjar Mamanazarov, rejissyorlar – Bobur SHER OʻGʻLI hamda Jamshid Narziqulov.
Ma'lumot uchun, serial 60 qismdan iborat bo‘lib,14-yanvar sanasidan boshlab yurtdoshlarimiz “Renessans” telekanali orqali tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.
24.02.2025 12:51

Joriy yilning 16-fevralida Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligida Agentlik direktori Shuhrat Rizayev va Turkiyaning “TRT AVAZ” kanali koordinatori Yujel Kilichkaya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, birgalikda yangi loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan kelishib olindi. Shuningdek, Yujel Kilichkaya yaqinlashib kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan Samarqand shahrida har kuni teleloyihalar olish rejalashtirilgani, buning uchun agentlikning yordami kerak ekanligini so‘radi. Agrentlik rahbariyati har qanday yordamga va taklifga tayyor ekanligini, hamkorlikda ish olib borishga rozi ekanligini bildirdi.
Shu bilan bir qatorda, Agentlik direktori Shuhrat Rizayev Ramazon oyi munosabati bilan barcha turkiy xalqlarga Ozbekistonning diniy-ma’rifiy arboblari haqida suratga olingan 30 daqiqali hujjatli filmlarni Ramazon oyida kunning bir xil vaqtida “TRT AVAZ” kanalida qo‘yib borishni taklif qildi. Kanal koordinatori esa bu taklifga rozi ekanligini, filmlar topshirilgan so‘ng ularni turk tiliga oʻgirib o‘z kanalida beg‘araz yoritib berishini ma’lum qildi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
21.02.2025 08:54

Ayni paytda Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tayotgan (https://t.me/uzbekkinopress/24134) “O‘zbek kino kunlari”ning ochilish marosimini rejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmi boshlab berdi.
13.02.2025 10:17

“Yangi O‘zbekiston kinosolnomasi” turkumi doirasida suratga olingan “Qutqaruvchi” hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi
12.02.2025 13:24

Oʻzbekiston-24 telekanalida “Maxtumquli Firog‘iy” filmining Nyu-York shahridagi taqdimotiga bag'ishlangan lavha efirga uzatildi.
12.02.2025 13:18

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining xorijiy filiallari o‘rtasidagi memorandum doirasida teatr jamoalari uchun mahorat saboqlari o‘tkazildi.
Tadbirni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, professor R.A.Sagdullaev o‘tkazdi. va Kaminskiy M.D.
Mahorat darsida MGIMO, Moskva davlat universiteti va MISIS kabi nufuzli universitetlar vakillari ishtirok etdi.
Ushbu uchrashuv talabalar va to‘garak ishtirokchilari uchun taniqli san’at ustalaridan qimmatli bilim va ilhom olishlari uchun noyob imkoniyat bo‘ldi.
13.12.2024 07:16

10-dekabr kuni MGIMO devorlari doirasida Toshkent va viloyatdagi xorijiy universitetlar filiallari talabalari jamoalarini birlashtirgan “Siz qonunni bilasizmi?” degan qiziqarli intellektual viktorina bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar viktorina natijalarini namoyish etdilar:
1-o‘rin – MGIMO jamoasi
2-o‘rin – MDU jamoasi
3-o‘rin – huquq sohasida chuqur bilimga ega, mantiqiy fikrlash va jamoaviy ruhga ega VGIK va Plexanovka jamoalari.
G'oliblarni va barcha ishtirokchilarni ajoyib chiqish bilan tabriklaymiz!
Bu aql, hayajon va raqobat ruhiga to'la kun edi. Keyingi tadbirlarda yana ko'rishguncha!
13.12.2024 07:14

2024-yil 10-dekabr kuni Toshkent shahar filialida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, uni filial direktori I.M. Meliqo'ziev. Yig‘ilish avvalida jamoani 10 dekabr kuni nishonlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun bilan tabrikladi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Bayramga bag‘ishlangan videoroliklar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish – bu ishlarni tashkil etish dekanatlarga topshirildi;
- qo'shimcha kasbiy ta'lim (DPO);
- Talabalarning davomatini nazorat qilish;
- shartnoma asosida o‘qitish bilan bog‘liq masalalarni hal etish;
- xalqaro bo'lim va xorijiy filiallar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish;
- Filial xodimlari tarkibini hisobga olish.
Shuningdek, filialni yanada rivojlantirish bo‘yicha asosiy qadamlar belgilab olindi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o'tdi va maqsadlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish vektorini belgilab berdi!
13.12.2024 06:37

O‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat vazirligi huzuridagi
Kinematografiya agentligi
+998 71 277 81 44