Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh Sahifa
/ Yangiliklar
latest-news-bglatest-news-bg
Obuna bo’lish
latest-news-image
“Hind kinosi kunlari” – ayollarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlanadi



🇺🇿🇮🇳Kinematografiya agentligi va Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida  tashkil etilgan “Hind kinosi kunlari” ochilish marosimi bo‘lib o’tdi

Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev


Tadbirda Hindistonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi Smita Pant, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Bollivudning mashhur kinoijodkorlari Abhishek Bachchan, Saiyami Kher, R. Balki va Gauri Shinde va boshqalar ishtirok etishdi.

Smita Pant Hindistonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi


#SashaktNari shiori ostida o’tkazilayotgan “Hind kinosi kunlari” doirasida namoyish etiladigan filmlar, ayollarning jamiyatdagi o’rni, ularning rivojlanishi haqida hikoya qiladi. 

Tadbirda Abhishek Bachchan, Saiyami Kher, R. Balki va Gauri Shinde ayollar muammolari haqida so‘z yuritib, “Hind kinosi kunlari” doirasida namoyish etiladigan filmlarning g‘oyalari hamda ularning ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishdagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Abhishek Bachchan


15.03.2025 10:01

latest-news-image
Kinematografiya agentligi Markaziy apparatini malakali kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

 2024-yil davomida Agentlikning Markaziy apparatida vakant lavozimlar bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tanlovlar o‘tkazildi. Natijada 18 ta lavozim uchun 10 nafar nomzod ishga qabul qilindi.

🔺 2025-yil davomida esa 6 nafar nomzod tanlov jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, ular bilan mehnat shartnomalari imzolandi.

🔺 Hozirda Markaziy apparatda 2 ta vakant lavozim bo‘yicha tanlov jarayonlari davom etmoqda.

✅Malakali mutaxassislarni jalb etish va kinematografiya sohasini rivojlantirish maqsadida tanlovlar ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilmoqda.

🎬  Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

28.03.2025 07:38

latest-news-image
✅ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi kinoijodkorlar o‘rtasida 2025-yilda davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqilishi rejalashtirilgan kinoloyihalar uchun eʼlon qilingan ijodiy tanlov natijalarini maʼlum qiladi

 

📊 Eʼlon qilingan 18 ta mavzu yoʻnalishidagi kinoloyihalarga 61 ta studiyadan 346 ta murojaat kelib tushdi. 


📈 Tanlov komissiyasi – Badiiy  kengash qaroriga koʻra, 54 ta loyiha gʻolib deb topildi.


✍️ Izoh: Gʻolib kinoloyihalarning toʻliq badiiy ssenariysi Agentlik Badiiy kengashida muhokama qilinib, studiya faoliyati Ekspertlar kengashida xulosalangandan soʻng film ishlab chiqarishga tushiriladi. 


☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71 277-81-49. 

📍  Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 1A-uy.


18.03.2025 12:21

latest-news-image
“Hind kinosi kunlari” ochilish marosimidan lavhalar

 

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Hind kinosi kunlari” doirasidagi filmlar 16- martga qadar bepul namoyish etiladi 


15.03.2025 19:34

latest-news-image
Milliy kino san’ati saroyida Retro kino ixlosmandlari uchun yangi maskan: 70 o‘rinli zal, film klubi va maxsus pavilon ochildi


O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bo‘lib o‘tgan “Tirik tarixdan nurli kelajak sari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani doirasida Retro filmlar namoyishiga mo‘ljallangan yangi zal foydalanishga topshirildi. 70 o‘rinli ushbu zamonaviy zal kino ixlosmandlari uchun o‘ziga xos madaniy maskanga aylanishi kutilmoqda. Endilikda bu yerda har kuni o‘zbek va jahon kinosi durdonalarini tomosha qilish, mashhur kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va ko‘rilgan filmlar yuzasidan muhokamalar tashkil etish imkoni mavjud.


Photo

Shuningdek, ushbu marosim doirasida Retro film klubi ham o‘z faoliyatini boshladi. Klub yetakchilari Mastura va Sardor Isxoqovlar san’at shaydolarini bir yerga jamlab, ular uchun unutilmas kino kechalarini tashkil etishni maqsad qilgan.



Bundan tashqari, Kino saroyida o‘zbek retro filmlarining eng sara namunalari aks etgan maxsus pavilon ham barpo etildi. Bu maskanda “Suyunchi”, “Shum bola”, “Abdullajon”, “To‘ylar muborak”, “Ali bobo va qirq qaroqchi”, “Oltin devor”, “Toshkent — non shahri”, “Uchrashuv” va “Sevishganlar” kabi afsonaviy filmlardan ilhomlangan maketlar namoyish etiladi.



Mazkur loyiha milliy kino san’ati merosini keng targ‘ib etish, yosh avlodga yetkazish hamda tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashishga xizmat qiladi.



15.03.2025 10:51

latest-news-image
Hindistonlik mashhur aktyor Abhishek Bachchan O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyiga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida Hindistonning mashhur aktyori Abhishek Bachchan, Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Smita Pant, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi rahbari Furqat Usmonov hamda delegatsiya a'zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Mehmonlar dastlab yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston kino san'ati muzeyini tomosha qilib, o‘zbek kinematografiyasining o‘tmishi va bugungi rivoji haqida batafsil ma’lumot oldilar. Muzeydagi boy tarixiy materiallar va eksponatlar mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.



Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Hindiston hamkorligida suratga olinayotgan kino loyihalarining keyingi bosqichini amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, tegishli kelishuvlarga erishildi.




15.03.2025 10:26

latest-news-image
Indoneziyalik kinoijodkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

26-fevral kuni Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev va "O'zbekfilm" kinokonserni" DUK direktori Bahodir Muhamedov ishtirokida indoneziyalik  “Tobali film” direktori Deni Juliarto hamda “Khata Media” direktori Charles Vinsentlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida indoneziyalik kinoijodkorlar O‘zbekiston va Indoneziya madaniyati targ‘ibotini o‘zida mujassam etgan badiiy filmni suratga olishni reja qilishayotgani, bu borada Agentlik bilan ijodiy hamkorlikka umid bog‘lashayotganini ma’lum qilishdi.

Indoneziyalik kinoijodkorlar muloqotda mazkur film ko‘p jihatdan buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy hayoti va ijodiga bag‘ishlanishi haqida qayd etishib, tasvirga olish ishlari jumladan transport, texnika va manzillar bo‘yicha tashkiliy jarayonlarda ham ko‘mak so‘rashdi.

O‘zbekiston tomoni tasvirga olinajak, badiiy film ssenariysi taomilga ko‘ra, Agentlikning Ekspertlar kengashi ko‘rigidan o‘tkazilib, ijobiy xulosa olingach hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidlashdi. 

Tasvirga olish jarayonidagi tashkiliy ishlar minimal miqdorda kelishilgan narxlarda amalga oshirilishi belgilab olindi.

🎬  Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

27.02.2025 06:17

latest-news-image
“Ochiq eshiklar kuni” doirasida qator badiiy hamda hujjatli filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida 2024-yilda ishlab chiqarilgan badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli, qisqa metrajli va animatsion filmlarning “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Bugun “Ishq va anduh”, “Odina” badiiy fimlari hamda “Mukarrama Turgʻunboyeva”, “Halima Nosirova”, “Joʻraxon Sultonov”, “Muhiddin Rahimov”, “Fattohxon Mamadaliyev”, “Toʻra Sulaymon”, “Baxtiyor Sayfullayev” va “Alisher Navoiy” nomli filmlarning namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishda kinoijodkorlar, talaba-yoshlar, kino ixlosmandlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Shuningdek, Kino saroyga tashrif buyurgan tomoshabinlar yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston Kino sanʼati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, milliy kino merosimizning boy va rang-barang tarixidan bahramand bo‘lmoqdalar.

Ma'lumot uchun, “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi bepul kinonamoyishlar joriy yilning 20-fevralidan 6-mart sanasiga qadar Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida bo‘lib o‘tadi. 


Barchani “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi kinonamoyishlarga taklif qilamiz!

27.02.2025 06:09