



Rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyevning “CHOʻLIQ” badiiy filmi AQShning nufuzli xalqaro
“New York Script Awards” va “Chicago Script Awards” tanlovlariga rasman qabul qilindi.
“New York Script Awards” AQShning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Nyu-York shahrida tashkil etilgan bo’lib, film ssenariylariga ixtisoslashgan xalqaro tanlovdir. Tanlovda to‘liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli filmlar va seriallar baholanadi.
Natijalar 2026-yilning yanvar oyida e’lon qilinadi.
“Chicago Script Awards” ssenariy mualliflari uchun tashkil etiladigan xalqaro tanlov bo‘lib, bunda ishlar kinoshunoslar va televideniya sohasidagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Tanlov ijodiy yondashuv, g‘oya kuchi va dramatik tuzilishga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.
“CHOʻLIQ” filmi hozirga qadar bir qator xalqaro festivallarda turli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
12.12.2025 04:37

Ozarbayjon Madaniyat vaziri, shuningdek bir qator nufuzli tashkilotlarning kino, san’at va madaniyat sohalari vakillari O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kino burchagi hamda boshqa davlatlar uchun tashkil etilgan kino maydonlarini borib tomosha qildilar.
Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston kinematografiyasining yutuqlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
12.12.2025 04:33

⭐️So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari dunyo siyosiy xaritasida yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mintaqa endi raqobat maydoni emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda harakat qilayotgan ishonchli ittifoqchilar ekani e'tirof etilmoqda.
➡️Batafsil: To‘liq maqolani o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1-lIYzj61arGiciC2Yq05quSOipBCd2Z_/view?usp=sharing)
27.11.2025 11:10

Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida hamda respublikamizning barcha viloyat kinoteatrlarida bir vaqtning o‘zida XX asrning 20-yillarida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan va buning natijasida siyosiy qatag‘onga uchragan vatandoshimiz Maryam Sultonmurodovaning matonatli hayot yo‘li va ayanchli qismati haqidagi “Matonatli Maryam” nomli badiiy-publitsistik filmning ilk umummilliy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Namoyishda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Shuhrat Rizayev ushbu filmning mazmuni va jamiyatdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.
Film taqdimoti Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar ishlari qoʻmitasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
26.11.2025 04:12

Joriy yilning 21-noyabr kuni Polshaning Varshava shahri Luna kinoteatrida “O’zbek kinosi kunlari” tadbiri doirasida “Ulug’ Amir va Donna Mariya” filmining Yevropadagi ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi ko‘magida tashkil qilingan. Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuxrat Rizayev boshchiligidagi delegatsiya, O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xodimlari, chet ellik diplomatik korpus vakillari hamda o‘zbek vatandoshlari ishtirok etdi.
Kino namoyishini O‘zbekistonning Polshadagi Favqulodda va muxtor elchisi Amirsaid Agzamxodjayev hamda Agentlik direktori Shuxrat Rizayev ochib berdi.
26.11.2025 04:08

Bugun Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyida Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti buyurtmasiga binoan, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi”DUK tomonidan suratga olingan “Akademik Sodiq Azimov. Quyoshga intilgan alloma” nomli hujjatli filmning namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Namoyishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi Kinoloyihalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Hayitov, O‘zbekiston fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayupov, kino ijodkorlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Namoyishda so’zga chiqqanlar ushbu filmning yaratilish tarixi, ijodiy salohiyati hamda unda ko‘tarilgan dolzarb masalalar, akademik Sodiq A'zimovning hayoti va faoliyati to‘g‘risida iliq fikrlar bildirishdi.
Ushbu film rejissyori Bahodir Adilov bo’lib, filmda O‘zbekistonda yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi va yuqori temperaturali geliomaterialshunoslik sohalariga asos solgan, bu yo‘nalishlarni rivojlantirib, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan oliy martabali olim Sodiq Azimovning hayot yo‘li va ilmiy faoliyati yoritilgan.
21.11.2025 04:23

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Ozarbayjon Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Rashad Azizov, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mehmonlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
✅Tadbir davomida Ozarbayjonning “Тагиев: Нефть” badiiy filmi hamda “Да будешь жить, как земля” hujjatli filmi namoyish etildi.
✅ Ma’lumot o’rnida bugun va ertaga kun davomida O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon davlatining durdona filmlari namoyishidan bahramand bo’lishingiz mumkin.
17.11.2025 05:02

Ushbu tadbirda O‘zbekiston va Tojikiston kinomatografiya agentliklari mas’ul rahbarlari, kino rejissyorlar va aktyorlar, OAV vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda ikki davlat kinomatografiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar hamda kelajak rejalariga to‘xtalib o‘tishdi.
“Tirik tarix” dasturi doirasida Prezident qarori va tashabbusi bilan yaratilayotgan “Yulduzlar nuri: Jomiy va Navoiy” badiiy filmi O‘zbekiston va Tojikiston kinorejissyorlari hamkorligida ishlab chiqilmoqda. Hozirda filmning Tojikiston va O‘zbekistondagi suratga olish ishlari yakunlangan bo‘lib, hozirda studiya sharoitida suratga olish ishlari davom etmoqda.
17.11.2025 04:59

Tadbirda O‘zbekiston va Turkmaniston kinematografiya agentliklari mas’ul rahbarlari, kino rejissyorlari va aktyorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Ochilish marosimidagi nutqlarda so‘nggi yillarda ikki davlat kinomatografiyasi sohasidagi hamkorlik va kelajak rejalari haqida so‘z bordi.
Ochilish marosimida rejissyor Muzaffarxon Erkinov tomonidan “Mahdumquli Firog‘iy” badiiy filmi namoyish etildi. Ushbu film “Turkmenfilm” O‘g‘uzxon nomidagi assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Yashayotgan tarix”dasturi doirasida yaratilgan.
Ma’lumot o’rnida Turkmaniston kino kunlari “Renessans” kino uyida davom etmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!
17.11.2025 04:56

Bugun O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Markaziy Osiyo davlatlari hamda Ozarbayjon kinosi kunlarining ochilishi bo’lib o’tdi. Tadbir xorijiy delegatsiyalar ishtirokidagi davra suhbati bilan boshlandi. Ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Ozarbayjon Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Rashad Azizov, Qozog’iston Milliy kinoni qo’llab-quvvatlash davlat markazi Boshqaruvi Raisi o’rinbosari Adilet Omarov, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan bir qancha mehmonlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir Qozog’iston, Ozarbayjon va Qirg’iziston davlatlarining kichik metrajli hujjatli filmlari namoyishi bilan davom etdi.
Markaziy Osiyo davlatlari hamda Ozarbayjon kinosi kunlari madaniy aloqalarni mustahkamlash, san’at orqali xalqlarni yaqinlashtirish va o‘zaro tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!
14.11.2025 06:48

Markaziy Osiyo davlatlari kino kunlari dasturi bilan tanishing:
📆 13-noyabr
⏰16:00
Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon kinosi kunlarining ochilishi bo’lib o’tadi.
Manzil: Milliy kino san’ati saroyi, majlislar zali
⏰17:00
Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon kinosi kunlari doirasida qisqa metrajli filmlar namoyishi;
Manzil: Milliy kino san’ati saroyi, Zal №1
📆 14-noyabr
⏰
10:00
Ozarbayjon kinosi blokining ochilishi;
Manzil: Milliy kino san’ati saroyi, Zal №1
⏰
10:30
Ozarbayjon kinosi bloki doirasida tarixiy badiiy film namoyishi;
Manzil: Milliy kino san’ati saroyi, Zal №1
⏰
15:00
Qozog’iston kinosi blokining ochilishi;
Manzil: Milliy kino san’ati saroyi, Zal №1
⏰
15:30
Qozog’iston kinosi bloki doirasida tarixiy badiiy film namoyishi;
Manzil: Milliy kino san’ati saroyi, Zal №1
⏰
16:30
“Ulug’ Amir va Donna Mariya” badiiy filmi namoyishi;
Manzil: Milliy kino san’ati saroyi
📆
15-noyabr
⏰
10:00
Ozarbayjon kinosi bloki doirasida hujjatli hamda badiiy film namoyishi;
Manzil: Milliy kino san’ati saroyi, Zal №1
⏰
10:00
Qirg’iziston kinosi bloki doirasida hujjatli hamda badiiy film namoyishi;
Manzil: Milliy kino san’ati saroyi, Zal №5
⏰
10:00
Qozog’iston kinosi bloki doirasida hujjatli hamda badiiy film namoyishi
Manzil: Milliy kino san’ati saroyi, Zal Vip-3
⏰
10:00
Tojikiston kinosi bloki doirasida hujjatli hamda badiiy film namoyishi
Manzil: Milliy kino san’ati saroyi, Zal Vip-4
✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
12.11.2025 14:00

Yig‘ilishda:
1. Kinematografiya agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashi yangilangan tarkibini tanishtirish va raisligiga yangi nomzodni saylash va bo‘yicha takliflar;
2. “O‘zbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar hamda sohadagi muammolar;
3. 2025-yilning o‘tgan 10 oyi davomida “Tirik tarix” dasturi doirasidagi kinoloyihalar, davlat buyurtmasi asosida yaratilayotgan filmlar va seriallarni ishlab chiqarilishi holati bo‘yicha hisobot va muammolar;
4. Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha tashkil etilgan aloqa kanallari faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi masalar muhokama qilindi.
30.10.2025 13:10

O‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat vazirligi huzuridagi
Kinematografiya agentligi
+998 71 277 81 44