Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh Sahifa
/ Yangiliklar
latest-news-bglatest-news-bg
Obuna bo’lish
latest-news-image
"Qo‘rqut ota" V turk dunyosi kinofestivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Qo‘rqut ota" V turk dunyosi kinofestivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1-4-oktyabr kunlari Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Qo‘rqut ota” V xalqaro kinofestivalda bir guruh o‘zbek kino ijodkorlari  ishtirok etishmoqda. 

Festival doirasida “O‘zbekiston kinosi kunlari” ham bo‘lib o‘tadi.

Kinofestivalning ochilish marosimida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev boshchiligida o‘zbek kino yulduzlari, aktyorlar va rejissyorlar ishtirok etishdi.  

Bu yil "Qo‘rqut ota" V xalqaro kinofestivalida Ayub Shahobiddinovning “Bahorni quvib”,  Nusrat Husanovning "Shamsiqamar”, Doniyor Shokirovning" Jadid ma’rifati.”,  Saida’loxon Mas’udxonovning "Vali G‘afurov - igna bilan yozilgan roman" filmlari yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikka asosiy da’vogarlar ro‘yxatidan joy olgan.

Festivalga 10 ga yaqin davlatdan 50 ziyod film taqdim etilgan. 

02.10.2025 05:06

latest-news-image
Joriy yilning 22-26 sentabr kunlari Xitoyning Fuchjou shahrida XII Ipak yo‘li xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston kinematografiyasi vakillari ham faol ishtirok etishmoqda. Bu yilgi Ipak yo‘li xalqaro kinofestivalida O‘zbekistondan Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov, kinorejissyor va aktyor Fotih Jalolov, kinorejissyor Akrom Shaxnazarov hamda O‘zbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi rahbari, rejissyor Abdulatif Haydarov qatnashishmoqda.

Xitoyning mazkur nufuzli kinofestivalining tanlovdan tashqari dasturidan "House", "Pandemiya" kabi badiiy filmlar o‘rin olgan. Shuningdek, festival maydonlarida yirik anjumanlar ham bo‘lib o‘tmoqda. 

Xususan, "Bir makon - bir yo‘l" tashabbusini qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlar kino sohasi vakillarining forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Belarus, Malayziya, Indoneziya, Janubiy Afrika, Keniya, Kambodja, Nepal kabi mamlakatlarning kino tashkilotlari mas’ul vakillari o‘z taqdimotlarini o‘tkazishdi hamda o‘zaro hamkorlik doiralarini kengaytirish yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirishdi.

Anjuman yakunida "Bir makon - bir yo‘l" tashabbusi doirasida xalqaro kino platformasi hamkorligi to‘g‘risida anglashuv memorandumi qabul qilindi.

25.09.2025 09:17

latest-news-image
2025- yilning 4 -oktabr kuni soat 18-00 “O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi”da “Qora kitob” nomli badiiy filmning premerasi bo‘lib o‘tadi.

“Qora kitob” - yoshlar auditoriyasi uchun ishlangan mistika janridagi to‘liq metrajli badiiy film bo‘lib, o‘z madaniyati va tarixiga loqayd bo‘lgan, universitetda faqat diplom olish uchun o‘qiydigan, qiziqishi yangicha urfda kiyinish, zamonaviy telefon va kosmetikadan iborat bo‘lgan bir talaba qizning jadidlar bilan bog‘liq mavzudagi kurs ishi sababli dunyoqarashini o‘zgarishi haqida hikoya qiladi.

25.09.2025 03:47

latest-news-image
1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bepul kinonamoyishlar tashkil etiladi

Joriy yilning 25-sentyabr-4-oktyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ustozga ta'zim” shiori ostida Agentlik tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o‘zbek filmlarining bepul namoyishlari tashkil etilmoqda.

Namoyish jadvali bilan tanishing:

📆 25-sentyabr
⏰15:00 — “Xalq yuragi” hujjatli filmi
⏰15:30 — “Katta oyi” badiiy filmi  
 
📆 26-sentyabr
⏰15:00 — “Shuhrat Abbosov” hujjatli filmi
⏰15:30 — “Tubanlik” badiiy filmi  

📆 27-sentyabr
⏰15:00 — “Bahodir Yo‘ldoshev: teatr odam” hujjatli filmi
⏰15:30 — “Birinchi avgust” badiiy filmi 

📆 28-sentyabr
⏰15:00 — “Baxtiyor Sayfullaev. So‘nggi nafasgacha...” hujjatli filmi
⏰15:30 — “Armonli dunyo” badiiy filmi 
 
📆 29-sentyabr
⏰15:00 — “Shavkat Ayupov fazosi” hujjatli filmi
⏰15:30 — “Maktab – hayotim” badiiy filmi

📆 30-sentyabr
⏰17:00 — “Najot ta’limda” hujjatli filmi
⏰17:30 — “Shamsiqamar” badiiy filmi

📆 1-oktyabr
⏰15:00 — “Ustozlikdan topdim qadrimni” hujjatli filmi
⏰15:30 — “Muallim” badiiy filmi

📆 2-oktyabr
⏰15:00 — “Abdulla Qodiriy” hujjatli filmi
⏰15:30 — “Qarzdor” badiiy filmi

📆 3-oktyabr
⏰15:00 — “Cho‘lpon. Qush esdaligi” hujjatli filmi
⏰15:30 — “Tengiz” badiiy filmi

📆 4-oktyabr
⏰15:00 — “Jadid ma’rifati” hujjatli filmi
⏰15:30 — “Is’hoqon Ibrat” badiiy filmi

 Barcha yurtdoshlarimizni ushbu namoyishlarda kutamiz! Kirish bepul!

 Bayramni biz bilan o‘tkazing!

📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998 77 297-88-88

25.09.2025 03:43

latest-news-image
Munavvara Abdullayeva tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 26-sentyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, aktrisa, rejissyor hamda mahoratli pedagog Munavvara Abdullayeva tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha tashkil etiladi.
Tadbirda sanʼatkorning sahnadagi yorqin ijrolari, milliy kino sanʼati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, shogirdlar tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi.  Shuningdek, Munavvara Abdullayeva ishtirok etgan filmlardan parchalar namoyish etilishi hamda aktrisaning hayoti va ijodiga oid fotoko‘rgazma ham taqdim etilishi rejalashtirilgan.
 Barcha yurtdoshlarimizni ushbu ijodiy kechada kutamiz!

23.09.2025 12:16

latest-news-image
Razzoq Hamroyev tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, mashhur aktyor va rejissyor Razzoq Hamroyev tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi tashkil etildi.

Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, sanʼatkorning oila a'zolari, kinoijodkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Shuhrat Rizayev, O‘zbekiston xalq artisti Naima Po‘latova va san'atkorning nabirasi Zulfiya Hamroyevalar aktyorning hayoti va ijodiy faoliyati, milliy kino san’ati taraqqiyotidagi o‘rni haqida iliq fikr-mulohazalar bildirishdi.

Shuningdek, Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan kichik sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi tomonidan esa sanʼatkor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ham tashkil etildi. Tadbir davomida Razzoq Hamroyev ishtirokidagi filmlardan parchalar ham namoyish qilindi.

22.09.2025 11:05

latest-news-image
Yana bir Gran-pri.

Bolgariya Televidenie, kino va internet kommunikatsiyalari Akademiyasi (ATKIK) ning  “Slavyan ertagi”  XIII - xalqaro kinofestivali g‘oliblari taqdirlandi. 
Akademiya kinofestivalning  xalqaro hakamlar hay’ati  Kino-telefestival bosh mukofoti “GRAN-PRI”ga rejissyor Muzaffarxon Erkinov tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” badiiy filmi  sazovar bo‘ldi.

22.09.2025 11:02

latest-news-image
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida XI Xalqaro madaniy forumi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 11-13 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida XI Xalqaro madaniy forumi bo‘lib o‘tdi. Bunda madaniyat sohasidagi rahbarlar, yetakchi xalqaro ekspertlar hamda dunyoga mashhur madaniyat arboblari ishtirok etishdi. 

 O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ham bir qator mutasaddi rahbarlar: Kinematografiya agentligi ijro apparati rahbari Navro‘z Musyaev, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazining xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Sayyora Xudayberdiyevalar ishtirok etishdi.  

Forumda mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan so‘nggi loyihalar tafdim etilib, zamonaviy dunyoda kinoning oldingi va keyingi o‘rni, ijtimoiy jarayonlarga ta’siri, turli madaniy an’analarni integratsiyalashuvining ahamiyati bilan bog‘liq mavzular muhokama qilindi.

O‘zbekiston nomidan Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov so‘zga chiqib: 
 “Bugungi kunda milliy madaniyatning o‘ziga xosligi uchun sabab emas, balki muloqot va o‘zaro boyitish uchun qulay imkoniyat. “Yaqin o‘tmishda biz bir katta oila edik, endi esa jamiyatda birlashdik. Bu loyiha doirasida madaniyatlar muloqotini joriy etish va uni raqamli makonda rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatdir. Biz raqamli tarqatish bugungi kunda sezilarli sur’atga ega bo‘layotganini ko‘rmoqdamiz va ehtimol bu MDH mamlakatlarida yagona oqim platformasini ko‘rib chiqishga arziydi. Bu bozor imkoniyatlarini kengaytirishning yana bir yo‘li. Hamdo‘stlikning Osiyo maydoni biz xohlaganchalik mahalliy filmlarga boy emas. Biz mustaqil, Art-House filmlarini ishlab chiqarishni yaxshi o‘rgandik, ammo tijorat filmlarini ham rivojlantirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

22.09.2025 10:58

latest-news-image
“Mahbora. Ona simfoniyasi” va “Toyloq tajribasi” hujjatli hamda “Shamsiqamar” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Kinematografiya agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida yaratilgan “Mahbora. Ona simfoniyasi” va “Toyloq tajribasi” hujjatli hamda “Shamsiqamar” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. 

Namoyishda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Agentlik direktori maslahatchisi Sayfullo Rajabov, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Shuhrat Rizayev ushbu filmlarning mazmuni va jamiyatdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.

17.09.2025 06:04

latest-news-image
“Maxtumquli Firog‘iy” filmi “Altыn Minbar” Xalqaro kinofestivalida g‘olib bo‘ldi!

Tatarstan poytaxti Qozon shahrida joriy yilning 5–9 sentabr kunlari “Altыn Minbar” Xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kinofestivalga 60 dan oshiq davlatlardan 750 dan oshiq filmlar jo‘natilgan.

Kinofestival kino olamida juda nufuzli xisoblanadi.
“Altыn Minbar” 21-Xalqaro kinofestivalida   “Maxtumquli Firog‘iy” filmi “Rossiya Islom olami”  yo‘nalishining asosiy mukofotini qo‘lga kiritdi.

Hujjatli filmlar yo‘nalishida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan Navro‘za Biynazova rejissyorligida suratga olingan “Mangu lahzalar” filmi kinojurnalistlar va kinotanqidchilar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Biz barcha ijodkorlarni xalqaro maydondagi katta yutuq bilan tabriklaymiz va zafarlari bardavom bo‘lishini tilaymiz.

15.09.2025 10:49

latest-news-image
“Altыn Minbar” 21-Xalqaro kinofestivalida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kinoijodkorlar tantanali kutib olindi.

Bugun Toshkent Xalqaro aeroportida Tatarstan poytaxti Qozon shahrida 5–9 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Altыn Minbar” 21-Xalqaro kinofestivalida ishtirok etib, yuksak natijalarga erishgan kinoijodkorlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli festivalda:
 “Maxtumquli Firog‘iy” filmi “Rossiya – Islom olami” yo‘nalishining asosiy mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan rejissyor Navro‘za Biynazova tomonidan suratga olingan “Mangu lahzalar” filmi esa hujjatli filmlar yo‘nalishida kinojurnalistlar va kinotanqidchilar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

 Ushbu yutuqlar O‘zbekiston kinosining xalqaro maydondagi salohiyati ortib borayotganini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.

15.09.2025 09:39

latest-news-image
2025 yil 16 sentabr kuni soat 18-00 da “O‘zbekiston milliy kino san’ati saroyi” da Kinematografiya agentligi hamda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida rejissyor Nusrat Husanov tomonidan suratga olingan “Shamsiqamar” nomli badiiy filmning katta premerasi bo‘lib o‘tadi.

   Film syujeti tomoshabinni hayajonda ushlab turadigan sahnalarga boy bo’lib, unda bosh rollarni mahoratli aktrisa Yulduz Rajabova hamda aktyor Sherzod Murodov ijro etgan.

     Shuningdek, filmda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sayyora Yunusova, yosh va iqtidorli aktrisa Munisa Magamit ham unutilmas obrazlar orqali ishtirok etishgan. 

     Ssenariy muallifi Shohida  Abduqodir, postanovkachi rejissyor Nusrat Husanov, postanovkachi operator Bahodir Yo‘ldoshev, postanovkachi rassom Bahriddin Shamsutdinov, liboslar bo’yicha rassom Zuhra G‘aniyeva, prodyusser Akrom Shaxnazarov

15.09.2025 09:30