Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh Sahifa
/ Yangiliklar
latest-news-bglatest-news-bg
Obuna bo’lish
latest-news-image
Kinematografiya agentligi Markaziy apparatini malakali kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda



2024-yil davomida Agentlikning Markaziy apparatida vakant lavozimlar bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tanlovlar o‘tkazildi. Natijada 18 ta lavozim uchun 10 nafar nomzod ishga qabul qilindi.


2025-yil davomida esa 6 nafar nomzod tanlov jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, ular bilan mehnat shartnomalari imzolandi.


Hozirda Markaziy apparatda 2 ta vakant lavozim bo‘yicha tanlov jarayonlari davom etmoqda.


Malakali mutaxassislarni jalb etish va kinematografiya sohasini rivojlantirish maqsadida tanlovlar ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilmoqda.


28.03.2025 07:57

latest-news-image
Kinematografiya agentligida elektr jihozlari bir soatga o‘chirildi



25-mart — “Yer vaqti” ekologik aksiyasi doirasida Kinematografiya agentligi  binosuda atrof-muhitni muhofaza qilish va energiyani tejashga e’tibor qaratish maqsadida barcha elektr jihozlari bir soatga o‘chirildi.


Ushbu aksiya elektr energiyasidan oqilona foydalanish, tabiiy resurslarni tejash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga xizmat qiladi.


“Yer vaqti” doirasida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar aholining ekologik madaniyatini oshirishga, atrof-muhitni asrab-avaylashga va barqaror yashil kelajak sari qadam tashlashga ko‘maklashadi.


25.03.2025 15:06

latest-news-image
Mo‘g‘uliston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi



🇺🇿🇲🇳 Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daadanxuu Batbaatar bilan uchrashdi. 


🤝 Uchrashuvda O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning kino sohasidagi hamkorligini rivojlantirish, qo‘shma filmlar suratga olish hamda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.


🎬 Shuningdek, “Tirik tarix” turkum filmlar doirasida suratga olinishi rejalashtirilayotgan Amir Temur va Temuriylar haqidagi filmning Mo‘g‘ulistonda tasvirga olinadigan qismlari bo‘yicha fikr almashildi. Mo‘g‘uliston tarixiy voqealar bilan bog‘liq muhim joylarga ega bo‘lib, ushbu filmning ayrim sahnalari aynan shu hududlarda suratga olinishi rejalashtirilmoqda.


📌Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Tirik tarix” turkum filmlar loyihasi 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan strategik dastur bo‘lib, eng qadimgi tariximizdan tortib, yaqin tariximizgacha bo‘lgan muhim davrlarni qamrab oladi. Ushbu loyiha milliy o‘zlikni anglash, madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish va yosh avlodga tarixiy bilimlarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.



25.03.2025 05:58

latest-news-image
Timur Savcı bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi!



Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida turkiyalik mashhur prodyuser Timur Savcı bilan uzoq kutilganijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda yosh kinoijodkorlar, san’at vakillari, OAV vakillari, talabalari va ko‘plab kino ixlosmandlari ishtirok etdilar. 


Uchrashuv davomida ishtirokchilar prodyuserga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va tajribali prodyuserdan qimmatli maslahatlar olish imkoniga ega bo‘lishdi.


Timur Savcı o‘zining boy tajribasi asosida kino olamining sir-asrorlari, xalqaro muvaffaqiyat sirlari hamda prodyuserlik faoliyatining nozik jihatlari haqida so‘zlab berdi.


20.03.2025 15:07

latest-news-image
Timur Savci O‘zbekistonga tashrif buyurdi



Bugun taniqli turk produseri Timur Savcı va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi direktori  Shuhrat Rizayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 


Tomonlar o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Uchrashuv chog‘ida Timur Savcı o‘zbek kinosini yuqori baholadi va O‘zbekiston kino industriyasi bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdi. 


 Mazkur uchrashuv ikki tomonlama madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.


Eslatib o’tamiz, ertaga  soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida mashhur turk prodyuseri Timur Savcı bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tadi.



19.03.2025 23:55

latest-news-image
“Hind kinosi kunlari” – ayollarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlanadi



🇺🇿🇮🇳Kinematografiya agentligi va Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida  tashkil etilgan “Hind kinosi kunlari” ochilish marosimi bo‘lib o’tdi

Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev


Tadbirda Hindistonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi Smita Pant, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Bollivudning mashhur kinoijodkorlari Abhishek Bachchan, Saiyami Kher, R. Balki va Gauri Shinde va boshqalar ishtirok etishdi.

Smita Pant Hindistonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi


#SashaktNari shiori ostida o’tkazilayotgan “Hind kinosi kunlari” doirasida namoyish etiladigan filmlar, ayollarning jamiyatdagi o’rni, ularning rivojlanishi haqida hikoya qiladi. 

Tadbirda Abhishek Bachchan, Saiyami Kher, R. Balki va Gauri Shinde ayollar muammolari haqida so‘z yuritib, “Hind kinosi kunlari” doirasida namoyish etiladigan filmlarning g‘oyalari hamda ularning ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishdagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Abhishek Bachchan


15.03.2025 10:01

latest-news-image
Kinematografiya agentligi Markaziy apparatini malakali kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

 2024-yil davomida Agentlikning Markaziy apparatida vakant lavozimlar bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tanlovlar o‘tkazildi. Natijada 18 ta lavozim uchun 10 nafar nomzod ishga qabul qilindi.

🔺 2025-yil davomida esa 6 nafar nomzod tanlov jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, ular bilan mehnat shartnomalari imzolandi.

🔺 Hozirda Markaziy apparatda 2 ta vakant lavozim bo‘yicha tanlov jarayonlari davom etmoqda.

✅Malakali mutaxassislarni jalb etish va kinematografiya sohasini rivojlantirish maqsadida tanlovlar ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilmoqda.

🎬  Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

28.03.2025 07:38

latest-news-image
✅ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi kinoijodkorlar o‘rtasida 2025-yilda davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqilishi rejalashtirilgan kinoloyihalar uchun eʼlon qilingan ijodiy tanlov natijalarini maʼlum qiladi

 

📊 Eʼlon qilingan 18 ta mavzu yoʻnalishidagi kinoloyihalarga 61 ta studiyadan 346 ta murojaat kelib tushdi. 


📈 Tanlov komissiyasi – Badiiy  kengash qaroriga koʻra, 54 ta loyiha gʻolib deb topildi.


✍️ Izoh: Gʻolib kinoloyihalarning toʻliq badiiy ssenariysi Agentlik Badiiy kengashida muhokama qilinib, studiya faoliyati Ekspertlar kengashida xulosalangandan soʻng film ishlab chiqarishga tushiriladi. 


☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71 277-81-49. 

📍  Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 1A-uy.


18.03.2025 12:21