



Joriy yilning 14–21-aprel kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida Jadidlar harakati namoyondasi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy seminar tashkil etilgan.
Seminar Markaziy Osiyodagi islohotchilik harakati va jadidchilik merosini chuqur tadqiq qilish hamda targ‘ib etishga qaratilgan bo‘lib, mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev ham ishtirok etmoqda.
Bugun mazkur ilmiy anjuman doirasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy” badiiy-publitsistik filmining namoyishi bo’lib o’tdi
Shuningdek, tashrif doirasida yaponiyalik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda suratga olinayotgan “Yengilmas: Tokioga yo‘l” filmi premerasini o‘tkazish yuzasidan muzokaralar olib borish va “Tirik tarix” dasturidan o‘rin olgan “Sakura ifori” badiiy filmini suratga olish bo‘yicha hamkorlik masalalari kabi ishlar rejalashtirilgan.
19.04.2025 15:49

Bugun Kinematografiya agentligi direktor o‘rinbosari Alisher Xodjayev Qatar Davlatining “Al-Jazeera Media Network” delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “Al-Jazeera Documentary” telekanali direktori Ahmad Mahfuz hamda telekanalning rejalashtirish va grafik tuzish departamenti boshlig‘i Odil Ksiksi ishtirok etdi.
Suhbat davomida Alisher Xodjayev mehmonlarga agentlik faoliyati, O‘zbekistonda kino sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida Kinematografiya agentligi va “Al-Jazeera Media Network hamkorlikda yangi loyihalar yaratish, “Al-Jazeera Documentary” platformasida o‘zbek hujjatli filmlari namoyish etilishi va O‘zbekistonning turli lokatsiyalarida qo‘shma filmlar suratga olinishi bo’yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolash taklifi ilgari surildi.
16.04.2025 11:42

2024-yil davomida Agentlikning Markaziy apparatida vakant lavozimlar bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tanlovlar o‘tkazildi. Natijada 18 ta lavozim uchun 10 nafar nomzod ishga qabul qilindi.
2025-yil davomida esa 6 nafar nomzod tanlov jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, ular bilan mehnat shartnomalari imzolandi.
Hozirda Markaziy apparatda 1 ta vakant lavozim bo‘yicha tanlov jarayonlari davom etmoqda.
Bugun mazkur lavozimga 2 nafar nomzod suhbatdan o’tkazildi.
Malakali mutaxassislarni jalb etish va kinematografiya sohasini rivojlantirish maqsadida tanlovlar ochiq va shaffof tarzda o‘tiazilmoqda
07.04.2025 13:48

Bugun Kinematografiya agentligi va Qirg‘iziston Kinematografiya departamenti hamkorligida suratga olingan “Bir kuni Samarqandda” badiiy filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Namoyishda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot va yoshlar vazirligi huzuridagi Kinematografiya departamenti direktori Ulan Adamaliyev, “Kirgiztasmasi” davlat korxonasi direktori Almaz Tulekeev, filmning ssenariy muallifi va rejissyori Naizabek Sydykov, kinoijodkorlar, tomoshabinlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Namoyish avvalida Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot va yoshlar vazirligi huzuridagi Kinematografiya departamenti direktori Ulan Adamaliyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev ikki mamlakatda ishlab chiqarilayotgan filmlarning prokat aylanmasini kengaytirish va yangi loyihalar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzoladilar.
Sarguzasht janridagi ushbu film orqali siz Temurning yo‘qolgan xazinasini izlash bahonasida ko‘hna Samarqand bo‘ylab hayajonli sayohatga otlanasiz. Film qahramonlari ko‘plab qiziqarli voqealarni boshdan kechiradi. Uch qardosh xalq tarixchilari buyuk Turon sultonining xazinasini izlash jarayonida o‘ziga xos majoziy ramz yashiringan bo‘lib, u tomoshabinga chuqur ma’no bag‘ishlaydi.
Filmni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi va yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.
29.03.2025 16:29

Bugun Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot va yoshlar vazirligi huzuridagi Kinematografiya departamenti direktori – Adamaliyev Ulan Aylchievich, “Kirgiztasmasi” davlat korxonasi direktori – Tulekeev Almaz Toktogazyevich, hamda taniqli ssenariy muallifi va rejissyor – Sydykov Naizabek Ravshanbekovich “O‘zbekfilm” kinokonserniga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar kinokonsernning tasvirga olish pavilionlari, suratga olish jihozlari va boshqa eksponatlari bilan yaqindan tanishishdi va o’zbek kino sohasida amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholashdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligida yaratiladigan yangi loyihalar muhokama qilindi.
29.03.2025 16:15

27-mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan 35 nafar teatr san’ati vakillari “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Shu qatorda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev ham ushbu yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi.
Shuhrat Rizayevni mazlur mukofot bilan samimiy tabriklaymiz! Kinematografiya rivoji yo‘lidagi fidokorona faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
28.03.2025 08:24

2024-yil davomida Agentlikning Markaziy apparatida vakant lavozimlar bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tanlovlar o‘tkazildi. Natijada 18 ta lavozim uchun 10 nafar nomzod ishga qabul qilindi.
2025-yil davomida esa 6 nafar nomzod tanlov jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, ular bilan mehnat shartnomalari imzolandi.
Hozirda Markaziy apparatda 2 ta vakant lavozim bo‘yicha tanlov jarayonlari davom etmoqda.
Malakali mutaxassislarni jalb etish va kinematografiya sohasini rivojlantirish maqsadida tanlovlar ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilmoqda.
28.03.2025 07:57

25-mart — “Yer vaqti” ekologik aksiyasi doirasida Kinematografiya agentligi binosuda atrof-muhitni muhofaza qilish va energiyani tejashga e’tibor qaratish maqsadida barcha elektr jihozlari bir soatga o‘chirildi.
Ushbu aksiya elektr energiyasidan oqilona foydalanish, tabiiy resurslarni tejash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga xizmat qiladi.
“Yer vaqti” doirasida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar aholining ekologik madaniyatini oshirishga, atrof-muhitni asrab-avaylashga va barqaror yashil kelajak sari qadam tashlashga ko‘maklashadi.
25.03.2025 15:06

Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida “Kinokarvon” tadbirlarining birinchi ijodiy uchrashuvi boshlandi. Uchrashuvda Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi vakillari, Buxoro viloyati hokimligi, Buxoro davlat pedagogika instituti rahbariyati hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida “Uyga qaytish” badiiy filmining ijodiy jamoasi talaba yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi va samimiy, ijodiy suhbat bo’lib o’tdi.
Uchrashuv so’ngida “Uyga qaytish” badiiy filmi namoyish etildi.
Ma’lumot uchun, Kinematografiya agentligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida tashkil etilgan “Kinokarvon” loyihasi butun respublika bo’ylab o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, keyingi manzil- Qoraqalpog‘iston!
25.03.2025 15:01

🇺🇿🇲🇳 Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daadanxuu Batbaatar bilan uchrashdi.
🤝 Uchrashuvda O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning kino sohasidagi hamkorligini rivojlantirish, qo‘shma filmlar suratga olish hamda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
🎬 Shuningdek, “Tirik tarix” turkum filmlar doirasida suratga olinishi rejalashtirilayotgan Amir Temur va Temuriylar haqidagi filmning Mo‘g‘ulistonda tasvirga olinadigan qismlari bo‘yicha fikr almashildi. Mo‘g‘uliston tarixiy voqealar bilan bog‘liq muhim joylarga ega bo‘lib, ushbu filmning ayrim sahnalari aynan shu hududlarda suratga olinishi rejalashtirilmoqda.
📌Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Tirik tarix” turkum filmlar loyihasi 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan strategik dastur bo‘lib, eng qadimgi tariximizdan tortib, yaqin tariximizgacha bo‘lgan muhim davrlarni qamrab oladi. Ushbu loyiha milliy o‘zlikni anglash, madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish va yosh avlodga tarixiy bilimlarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
25.03.2025 05:58

Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida turkiyalik mashhur prodyuser Timur Savcı bilan uzoq kutilganijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yosh kinoijodkorlar, san’at vakillari, OAV vakillari, talabalari va ko‘plab kino ixlosmandlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar prodyuserga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va tajribali prodyuserdan qimmatli maslahatlar olish imkoniga ega bo‘lishdi.
Timur Savcı o‘zining boy tajribasi asosida kino olamining sir-asrorlari, xalqaro muvaffaqiyat sirlari hamda prodyuserlik faoliyatining nozik jihatlari haqida so‘zlab berdi.
20.03.2025 15:07

Bugun taniqli turk produseri Timur Savcı va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Uchrashuv chog‘ida Timur Savcı o‘zbek kinosini yuqori baholadi va O‘zbekiston kino industriyasi bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdi.
Mazkur uchrashuv ikki tomonlama madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
Eslatib o’tamiz, ertaga soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida mashhur turk prodyuseri Timur Savcı bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tadi.
19.03.2025 23:55

O‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat vazirligi huzuridagi
Kinematografiya agentligi
+998 71 277 81 44