Veb sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

Yangiliklar

Bosh Sahifa
/ Yangiliklar
latest-news-bglatest-news-bg
Obuna bo’lish
latest-news-image
“Hind kinosi kunlari” ochilish marosimidan lavhalar

 

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Hind kinosi kunlari” doirasidagi filmlar 16- martga qadar bepul namoyish etiladi 


15.03.2025 19:34

latest-news-image
Milliy kino san’ati saroyida Retro kino ixlosmandlari uchun yangi maskan: 70 o‘rinli zal, film klubi va maxsus pavilon ochildi


O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bo‘lib o‘tgan “Tirik tarixdan nurli kelajak sari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani doirasida Retro filmlar namoyishiga mo‘ljallangan yangi zal foydalanishga topshirildi. 70 o‘rinli ushbu zamonaviy zal kino ixlosmandlari uchun o‘ziga xos madaniy maskanga aylanishi kutilmoqda. Endilikda bu yerda har kuni o‘zbek va jahon kinosi durdonalarini tomosha qilish, mashhur kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va ko‘rilgan filmlar yuzasidan muhokamalar tashkil etish imkoni mavjud.


Photo

Shuningdek, ushbu marosim doirasida Retro film klubi ham o‘z faoliyatini boshladi. Klub yetakchilari Mastura va Sardor Isxoqovlar san’at shaydolarini bir yerga jamlab, ular uchun unutilmas kino kechalarini tashkil etishni maqsad qilgan.



Bundan tashqari, Kino saroyida o‘zbek retro filmlarining eng sara namunalari aks etgan maxsus pavilon ham barpo etildi. Bu maskanda “Suyunchi”, “Shum bola”, “Abdullajon”, “To‘ylar muborak”, “Ali bobo va qirq qaroqchi”, “Oltin devor”, “Toshkent — non shahri”, “Uchrashuv” va “Sevishganlar” kabi afsonaviy filmlardan ilhomlangan maketlar namoyish etiladi.



Mazkur loyiha milliy kino san’ati merosini keng targ‘ib etish, yosh avlodga yetkazish hamda tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashishga xizmat qiladi.



15.03.2025 10:51

latest-news-image
Hindistonlik mashhur aktyor Abhishek Bachchan O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyiga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida Hindistonning mashhur aktyori Abhishek Bachchan, Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Smita Pant, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi rahbari Furqat Usmonov hamda delegatsiya a'zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Mehmonlar dastlab yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston kino san'ati muzeyini tomosha qilib, o‘zbek kinematografiyasining o‘tmishi va bugungi rivoji haqida batafsil ma’lumot oldilar. Muzeydagi boy tarixiy materiallar va eksponatlar mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.



Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Hindiston hamkorligida suratga olinayotgan kino loyihalarining keyingi bosqichini amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, tegishli kelishuvlarga erishildi.




15.03.2025 10:26

latest-news-image
Indoneziyalik kinoijodkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

26-fevral kuni Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev va "O'zbekfilm" kinokonserni" DUK direktori Bahodir Muhamedov ishtirokida indoneziyalik  “Tobali film” direktori Deni Juliarto hamda “Khata Media” direktori Charles Vinsentlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida indoneziyalik kinoijodkorlar O‘zbekiston va Indoneziya madaniyati targ‘ibotini o‘zida mujassam etgan badiiy filmni suratga olishni reja qilishayotgani, bu borada Agentlik bilan ijodiy hamkorlikka umid bog‘lashayotganini ma’lum qilishdi.

Indoneziyalik kinoijodkorlar muloqotda mazkur film ko‘p jihatdan buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy hayoti va ijodiga bag‘ishlanishi haqida qayd etishib, tasvirga olish ishlari jumladan transport, texnika va manzillar bo‘yicha tashkiliy jarayonlarda ham ko‘mak so‘rashdi.

O‘zbekiston tomoni tasvirga olinajak, badiiy film ssenariysi taomilga ko‘ra, Agentlikning Ekspertlar kengashi ko‘rigidan o‘tkazilib, ijobiy xulosa olingach hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidlashdi. 

Tasvirga olish jarayonidagi tashkiliy ishlar minimal miqdorda kelishilgan narxlarda amalga oshirilishi belgilab olindi.

🎬  Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

27.02.2025 06:17

latest-news-image
“Ochiq eshiklar kuni” doirasida qator badiiy hamda hujjatli filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida 2024-yilda ishlab chiqarilgan badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli, qisqa metrajli va animatsion filmlarning “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Bugun “Ishq va anduh”, “Odina” badiiy fimlari hamda “Mukarrama Turgʻunboyeva”, “Halima Nosirova”, “Joʻraxon Sultonov”, “Muhiddin Rahimov”, “Fattohxon Mamadaliyev”, “Toʻra Sulaymon”, “Baxtiyor Sayfullayev” va “Alisher Navoiy” nomli filmlarning namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishda kinoijodkorlar, talaba-yoshlar, kino ixlosmandlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Shuningdek, Kino saroyga tashrif buyurgan tomoshabinlar yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston Kino sanʼati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, milliy kino merosimizning boy va rang-barang tarixidan bahramand bo‘lmoqdalar.

Ma'lumot uchun, “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi bepul kinonamoyishlar joriy yilning 20-fevralidan 6-mart sanasiga qadar Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida bo‘lib o‘tadi. 


Barchani “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi kinonamoyishlarga taklif qilamiz!

27.02.2025 06:09

latest-news-image
“Ochiq eshiklar kuni” doirasida “Samuray”, “Qariqiz”, “Zobit-55” hamda “Maxtumquli” filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek,  joriy yilning 20-fevralidan 6-mart sanasiga qadar Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida 2024-yilda ishlab chiqarilgan badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli, qisqa metrajli va animatsion filmlarning “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi namoyishlari bo‘lib o‘tadi. 

 Bugun “Samuray”, “Qariqiz”, “Zobit-55” hamda “Maxtumquli” nomli filmlarning namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishda talaba-yoshlar, kino ixlosmandlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Shuningdek, Kino saroyga tashrif buyurgan tomoshabinlar yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston Kino sanʼati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, milliy kino merosimizning boy va rang-barang tarixidan bahramand bo‘lmoqdalar.

 Ma'lumot uchun, “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi bepul kinonamoyishlar joriy yilning 20-fevralidan 6-mart sanasiga qadar Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida bo‘lib o‘tadi. Joylar soni cheklanganligini inobatga olgan holda tomoshabinlarimizdan namoyish vaqtidan avvalroq kelishlarini so‘raymiz. 

Barchani “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi kinonamoyishlarga taklif qilamiz!

27.02.2025 05:59

latest-news-image
Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Smita Pant xonimni qabul qildi

Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Smita Pant xonimni qabul qildi. Muloqotda elchi xonim Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkentda “Hind kinosi kunlari” tadbirini o‘tkazish tashabbusini ilgari surib, tadbirga ruxsat berish va uni samarali tashkil etishda Agentlikning amaliy ko‘magiga tayanishini ma’lum qildi.
“Hind kinosi kunlari” tadbiri Kinematografiya agentligi va Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida 13-16-mart kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida tashkil qilinishi belgilandi.

Tadbirda bollivudning mashhur kinoijodkorlari ishtiroki kutilmoqda. Bu haqda batafsil keyingi postlarimizda.

🎬  Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

25.02.2025 10:35

latest-news-image
Oʻzbek kinosining yangi filmlari namoyishi – "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"ga marhamat!

Joriy yilning 20-fevralidan 6-mart sanasiga qadar Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida 2024-yil mobaynida ishlab chiqarilgan badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli, qisqa metrajli va animatsion filmlar namoyishi sizni kutmoqda!

📽Repertuar jadvali bilan tanishing:

🗓 Payshanba, 20-fevral:
🎞 «Bahodir Yalangtoʻsh» b/f – 10:00 
🎞  «Pandemiya» b/f – 14:00 

🗓 Juma, 21-fevral:
🎞 «Bir kuni Samarqandda» b/f – 10:00 
🎞  «Yangi yil» b/f – 11:40 
🎞  «Uyga qaytish» b/f – 14:00 
🎞  «Ajiniyoz» b-p/f – 15:20 

🗓 Shanba, 22-fevral:
🎞 «Uch qahramon» b/f – 10:00 
🎞  «Kallaxona LOVE» b/f – 14:00 

🗓 Yakshanba, 23-fevral:
🎞 «Bahorni quvib» b/f – 10:00 
🎞  «Xaus» b/f – 11:40 
🎞 «Sevdo» b/f – 14:00 

🗓 Dushanba, 24-fevral:
🎞  «Samuray» b/f – 10:00 
🎞  «Qariqiz» b/f – 11:30 
🎞  «Zobit-55» b/f – 14:00 
🎞  «Maxtumquli» b/f – 16:00 

🗓 Seshanba, 25-fevral:
🎞  «Ishq va anduh» b/f – 10:00 
🎞  «Odina» b/f – 11:45 
🎞  «Mukarrama Turgʻunboyeva» h/f – 14:00 
🎞  «Halima Nosirova» h/f – 14:13 
🎞  «Joʻraxon Sultonov» h/f – 14:26 
🎞  «Muhiddin Rahimov» h/f – 14:39
🎞  «Fattohxon Mamadaliyev» h/f – 14:52 
🎞  «Toʻra Sulaymon» h/f – 15:05 
🎞  «Baxtiyor Sayfullayev» h/f – 15:18 
🎞  «Alisher Navoiy» h/f – 15:55 

🗓 Chorshanba, 26-fevral:
🎞  «Yangi Oʻzbekiston lochinlari» h/f – 10:00
🎞  «Seni vatan kutadi» h/f – 10:23
🎞  «Zamonaviy harbiy institut» h/f – 10:36
🎞  «Qutqaruvchi» h/f – 10:49
🎞  «Ayollar daftari» h/f – 11:15
🎞  «Tadbirkorlik. Katta sakrash» h/f – 11:41
🎞  «Islom – tinchlik va ezgulik dini» h/f – 12:07
🎞  «Xavfli hudud» h/f – 12:20
🎞  «Jadid maʼrifati» h/f – 12:46
🎞  «Ziyorat – oltin yoʻl» 5 qismli h/f – 14:00-15:44

🗓 Payshanba, 27-fevral:
🎞  «Hamza Umarov» h/f – 10:00
🎞  «Shuhrat Abbosov» h/f – 10:20
🎞  «Maryam Yoqubova» h/f – 10:40
🎞  «Nabi Rahimov» h/f – 11:00
🎞  «Shukur Burhonov» h/f – 11:20
🎞  «Razzoq Hamroyev» h/f – 11:40
🎞  «Komil Yormatov» h/f – 12:00
🎞  «Yoʻldosh Aʼzamov» h/f – 12:20
🎞  «Lutfixonim Sarimsoqova» h/f – 12:40
🎞  «Nabi Gʻaniyev» h/f – 14:40
🎞  «Oy borib, omon qaytganlar» h/f – 15:00

🗓 Juma, 28-fevral:
🎞  «Yangi Oʻzbekiston kinosolnomasi» 12 qismli h/f – 10:00-14:30
🎞  «Oʻzbekiston madaniy merosi Polsha muzeylarida» h/f – 15:00
🎞  «Siz kimsiz, janob Vamberi?» h/f – 15:25

🗓 Shanba, 1-mart:
🎞  «Hamidulla Akbarov» h/f – 10:00
🎞  «Yoqub Ahmedov» h/f – 10:30
🎞  «Turgʻun Azizov» h/f – 11:00
🎞  «Muhammadali Abduqunduzov» h/f – 11:30
🎞  «Abdurahim Ismoilov» h/f – 12:00
🎞  «Musbatoy va Manfiybek» 15 qismli a/f – 12:30-14:40

🗓 Yakshanba, 2-mart:
🎞  «Jonivorlar haqida suhbat» 16 qismli h/f – 10:00-15:30
🗓 Dushanba, 3-mart:
🎞  «Koʻzgu» q-m/f – 10:00
🎞  «Ona» q-m/f – 10:10
🎞  «Rang va ohang» q-m/f – 10:18
🎞  «Oʻzbekoy» q-m/f – 10:27
🎞  «Uygʻonish» q-m/f – 10:36
🎞  «Hasad» q-m/f – 10:45
🎞  «Orzusiz bir kun» q-m/f – 10:58
🎞  «Я люблю Ташкент» q-m/f – 11:07
🎞  «Burch» q-m/f – 11:27
🎞  «Gol» q-m/f – 11:33
🎞  «Daraxt» q-m/f – 11:40
🎞  «Qizil yoʻlak» q-m/f – 11:52
🎞  «Magʻfirat» q-m/f – 12:00
🎞  «Muhabbat bitta boʻladimi?» q-m/f – 12:12

🗓 Seshanba, 4-mart:
🎞  «Intizor» q-m/f – 10:00
🎞  «Drel» q-m/f – 10:10
🎞  «Gʻamxoʻrlik» q-m/f – 10:26
🎞  «Oʻtmish tushi» q-m/f – 10:36
🎞  «Behbudiy» q-m/f – 10:53
🎞  «Vaʼda» q-m/f – 11:03
🎞  «Quvlashmachoq» q-m/f – 11:13
🎞  «Zangori tosh» q-m/f – 11:23
🎞  «Zumrasha» 2 qismli q-m/f – 11:37

🗓 Chorshanba, 5-mart:
🎞  «Shum bolaning sarguzashtlari» a/f – 10:00-12:00

🗓 Payshanba, 6-mart:
🎞  «Buyuk Ipak yoʻli boʻylab sayohat» a/f – 10:00
🎞  «Toʻmaris» a/f – 10:12
🎞  «Amir Temur» a/f – 10:30
🎞  «Al-Xorazmiy» a/f – 10:50

🎬  Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

25.02.2025 08:27

latest-news-image
“Ochiq eshiklar kuni” doirasida “Bir kuni Samarqandda”, “Yangi yil”, “Uyga qaytish” hamda “Ajiniyoz” filmlarining namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-fevralidan 6-mart sanasiga qadar Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida 2024-yilda ishlab chiqarilgan badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli, qisqa metrajli va animatsion filmlarning “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi namoyishlari bo‘lib o‘tadi. 

“Bir kuni Samarqandda”, “Yangi yil”, “Uyga qaytish” hamda “Ajiniyoz” nomli filmlarning namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishda Kinematografiya agentligi vakillari, talaba-yoshlar hamda kino ixlosmandlari ishtirok etishdi. 

Shuningdek, Kino saroyga tashrif buyurgan tomoshabinlar yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston Kino sanʼati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, milliy kino merosimizning boy va rang-barang tarixidan bahramand bo‘ldilar.

Ma'lumot uchun, “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi bepul kinonamoyishlar joriy yilning 20-fevralidan 6-mart sanasiga qadar Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida bo‘lib o‘tadi. Joylar soni cheklanganligini inobatga olgan holda tomoshabinlarimizdan namoyish vaqtidan avvalroq kelishlarini so‘raymiz. 

Barchani “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi kinonamoyishlarga taklif qilamiz!

24.02.2025 13:04

latest-news-image
“Va'da” nomli ko‘p qismli serialning premyerasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Milliy Gvardiya, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda “Renessans” telekanali hamkorligida “Liger Cinema” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Va'da” nomli ko‘p qismli serialning premyerasi bo‘lib o‘tdi.  

Namoyishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar, kadrlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi direktori Otabek Xasanov,  Kinematografiya agentligi Matbuot kotibi Sayfullo Rajabov, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz, hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Sarvar Mamayusupov va Sayfullo Rajabov mazkur serialning mazmuni hamda ahamiyati xususida batafsil so‘z yuritdi. Shu bilan birga, Milliy Gvardiya qo‘mondonligi rahbariyati tomonidan hamkor tashkilotlar hamda kinoijodkorlar uchun maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.

Serial yoshlarning harbiy ta'lim olish jarayonini, intizom va mas’uliyat his qilishni o‘rganish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish kabi muhim jihatlarni aks ettiradi. Shuningdek, asarda do‘stlik, sadoqat, jasorat va vatanparvarlik kabi oliyjanob qadriyatlar ulug‘lanadi. 

Serialda Mejriddin Rahmatov, Anvar Azimov,  Dilmurod Masaidov, Rahmatilla Valiyev, Jamshid Itolmasov, Mehridilbonu Ergasheva, Sevinch Siddiqova kabi mahoratli ijodkorlar suratga tushgan. Senariy mualliflari– Bobur Yo‘ldoshev va Sanjar Mamanazarov, rejissyorlar – Bobur SHER OʻGʻLI hamda Jamshid Narziqulov.

Ma'lumot uchun, serial 60 qismdan iborat bo‘lib,14-yanvar sanasidan boshlab yurtdoshlarimiz “Renessans” telekanali orqali tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. 

24.02.2025 12:51

latest-news-image
Kinematografiya agentligida Agentlik direktori Shuhrat Rizayev va Turkiyaning “TRT AVAZ” kanali koordinatori Yujel Kilichkaya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16-fevralida  Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligida  Agentlik direktori Shuhrat Rizayev va Turkiyaning “TRT AVAZ” kanali koordinatori Yujel Kilichkaya  o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, birgalikda yangi loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan kelishib olindi. Shuningdek, Yujel Kilichkaya yaqinlashib kelayotgan  Ramazon oyi  munosabati bilan Samarqand shahrida har kuni teleloyihalar olish rejalashtirilgani, buning uchun agentlikning yordami kerak ekanligini so‘radi. Agrentlik rahbariyati har qanday yordamga va taklifga tayyor ekanligini, hamkorlikda ish olib borishga rozi ekanligini bildirdi. 


 Shu bilan bir qatorda, Agentlik direktori Shuhrat Rizayev Ramazon oyi munosabati bilan barcha turkiy xalqlarga Ozbekistonning diniy-ma’rifiy arboblari haqida suratga olingan  30 daqiqali hujjatli filmlarni Ramazon oyida  kunning bir xil vaqtida “TRT AVAZ” kanalida qo‘yib borishni taklif qildi. Kanal koordinatori esa bu taklifga rozi ekanligini, filmlar topshirilgan so‘ng ularni turk tiliga oʻgirib o‘z kanalida beg‘araz yoritib berishini ma’lum qildi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

21.02.2025 08:54